BMTning Afg‘onistonga insonparvarlik yordam O‘zbekiston orqali olib o‘tiladi

  • 11:30 / 13.10.2021
  • 85

Afg‘onistondagi ijtimoiy tanazzul kundan kunga yomonlashib bormoqda. Ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab 20 millionga yaqin afg‘onistonlik ijtimoiy himoyaga muhtoj. Bu haqda BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.

BMT Bosh kotibi Afg‘oniston masalasida yig‘ilgan “Katta yigirmatalik” davlatlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkilot so‘ragan 606 million dollarning hozirgacha atigi 35 foizi yo‘naltirilgani, ammo bu mablag‘lar “Afg‘onistondagi iqtisodiy tanazzulning oldini olish uchun kerakligi”ni qayd etdi. 

BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi rahbari Babar Balox ayni vaqtda Kobulda bo‘lib turganini, mamlakatda himoyaga muhtoj aholi soni 20 million atrofida ekanini va bu raqamlar kundan kunga ortib borayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, yaqin orada BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi uchta samolyotda Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natishini va yuk O‘zbekiston orqali Hayraton ko‘prigidan Mozori-Sharifga olib o‘tilishi ma’lum qilindi. Dastlabki gumanitar yuk ortilgan samolyot oktyabr oyining o‘rtalarida Termiz aeroportiga qo‘nadi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, hozirda bor yo‘g‘i 5 foiz afg‘onistonlik oila yetarli darajadagi oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Mamlaktdagi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qariyb yarmi to‘yib ovqatlanmaydi.