Bojxona xodimiga tajovuz qilindi 

  • 11:56 / 03.12.2019
  • 572

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Chumchuqlijar” chegara bojxona postida 1963-yilda tug‘ilgan F.K. ismli ayol xizmatni o‘tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, uning bosh qismi va yuziga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.  Bu haqida bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida hodisa sabablari keltirilmagan.