Boks bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri doping qabul qilishda gumonlanib diskvalifikatsiya qilindi

  • 13:46 / 04.08.2016
  • 3987

Britaniyalik bokschi, jahon chempioni Tayson Fyuri va uning amakivachchasi Xyui Fyuri doping qabul qilishda gumonlanib, vaqtinchalik musobaqalardan diskvalifikatsiya qilindi.

Buyuk Britaniyaning milliy antidoping tashkiloti (UKAD) avvalroq OAVda Fyurida o‘tgan yilning fevralida olingan doping-namunada taqiqlangan vosita – nandrolonning izlari aniqlangani haqida paydo bo‘lgan xabarni tasdiqladi.

"UKAD ikkala bokschiga taqiqlangan vositalarni iste'mol qilish ayblovi qo‘yilganini tasdiqlashi mumkin, shu sababli agentlik sportchilarni musobaqalardan vaqtinchalik chetlatdi. Bu qaror yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin", deyildi tashkilot saytida.

Tayson Fyuri IBO, WBA va WBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi. U bu unvonlarni 2015 yil 29 oktyabrda ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoga qarshi jangdagi g‘alabadan keyin qo‘lga kiritgan.

Teglar