Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kubaga yo‘l oldi

  • 14:40 / 06.11.2019
  • 44

Foto: O‘zbekiston Milliy Olympia qo'mitasi

Tunda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kubaning Gavana shahriga yo‘l oldi. Bu haqida Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Terma jamoamiz ushbu shaharda 18-noyabrga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishadi. Mazkur yig‘in Kuba terma jamoasi bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik bokschilar mezbonlar bilan o‘tkaziladigan sparring janglari orqali o‘z tayyorgarliklarini yana bir karra yuqori bosqichga olib chiqishlari mumkin.

Kubaga jo‘nab ketgan jamoa tarkibi quyidagicha:

Shahobiddin Zoirov
Abrorjon Qodirov
Miraziz Mirzahalilov
Abdumalik Xalakov
Otabek Xolmatov
Elnur Abduraimov
Shunqor Abdurasulov
Iqboljon Xoldarov
Bobousmon Baturov
Isroil Madrimov
Fanat Qahramonov
Dilshod Ro‘zmetov
Jahongir Rahmonov
Sanjar Tursunov
Kozimbek Mardonov
Madiyar Saidrahimov
Bahodir Jalolov
Ulug‘bek Mubinov
Jamshid Xudoyberganov