Bokschi qizlarimiz ham jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

  • 11:13 / 04.10.2019
  • 91

Foto: O‘zbekiston Milliy Olympia qo'mitasi

Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati start oldi. Oʻtkazilgan birinchi kun janglarida ikki nafar hamyurtimiz ringga koʻtarilib, musobaqani gʻalaba bilan boshlashdi.

Dastlab -48 kilogramm vazn toifasida Gulasal Sultonaliyeva qozogʻistonlik Alua Balkibekovani 3:2 hisobida dogʻda qoldirgan boʻlsa, -51 kilogramm vazn toifasida Tursunoy Rahimova ham marokashlik Yasmine Muttaki ustidan zafar quchdi. 
Bugun yana ikki nafar vakilamiz saralash bosqichi doirasida ringga koʻtariladi.

Teglar