Bola ortiqcha vazndan hech qachon aziyat chekmasligi uchun 10 maslahat

  • 13:18 / 29.06.2019
  • 361

Semizlik muammosi – hozirgi kunda har qachongidan ham dolzarb. Hatto bolalar ham ortiqcha vazndan aziyat chekishadi, axir ulardagi moddalar almashinuvi juda tez-ku! Statistika undan-da ko‘proq hayratga soladi: so‘nggi 10 yil ichida semizlik holati kuzatilgan bolalar soni 40 foizga ortdi. Semizlik amerikalik bolalarnigina xavotirga solmayapti. Rossiyada har sakkizinchi bola ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda, deydi mama-likes.ru.

Ota-onalarning vazifasi – muammoning oldini olish. Ota va onalar farzandlariga semizlik xavf solmasligi uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishlari lozim. Bu ishni uddalashda parhezshunos, pediatr va bolalarning oziqlanishi bo‘yicha mutaxassislarning ushbu 10 ta maslahati yordam beradi.

Foto: Fotolia

Muvozanatlashgan nonushta

Mittivoylarga tonggi soat 7-8 da bo‘tqa yeyish yoqmaydi. Ko‘pchilik bolalar oddiy choy va sut bilan cheklanib, nonushtadan umuman voz kechishadi. Biroq ota-onalar farzandlarini har kuni bir vaqtda to‘yimli ovqatlanishga o‘rgatishlari kerak. Nonushtada olinadigan kaloriyalar juda tez sarflanadi. Bundan tashqari, tushlik vaqtida kuchli ishtaha paydo bo‘lmaydi, bu esa ortiqcha yeb yuborishning oldini oladi.

 

Ko‘proq faol bo‘lish kerak

Internet o‘yinlari tabiiyki bolani uzoq vaqt davomida band qiladi, biroq unga foyda keltirmaydi. Aksincha – faqat zarar qiladi. Bugun kuni bo‘yi toza havoda o‘ynaydigan bolalarni kam uchratamiz. Mittivoylar planshetni qo‘llariga olib, yarim kun ana shunday holatda o‘tirishni afzal bilishadi. Kam harakatlilik semirish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Axir bola kaloriyalarni sarflamaydi va mushaklarini rivojlantirmaydi-da!

Gazli ichimliklarni kamroq ichish

Shirin gazli suv asosan shakardan iborat bo‘ladi, demak uglevodlarga boy. Tez-tez gazli suv ichadigan bolalar semizlik, kariyes va oshqozon buzilishlarini orttirishadi. Ichilayotgan gazli suvlar miqdorini nazorat qilish kerak, yaxshisi ularni tabiiy sharbatlarga almashtirgan ma'qul.

Ortiqcha iste'mol qilmaslik

Onalar va buvilar ko‘pincha «likopcha toza bo‘lgunigacha»  barini yeb qo‘yishga bolani majbur qilishadi. Bola ortiqcha yeb yuborganida o‘zining «to‘yish datchigini» ishdan chiqaradi. Ya'ni, agar bu odatga aylansa, bolakay to‘ygan to‘ymaganini tushunmaydi. Bu esa yegulikning juda ko‘p miqdorda yeyilishiga olib keladi.

Sportga «Ha!» deymiz

Sport seksiyalariga muntazam qatnaydigan va bir vaqtning o‘zida ortiqcha vazndan aziyat chekadigan bolalarni hech kim ko‘rmagan. Sport – irodani rivojlantiradi, mushaklarni mashq qildiradi va kaloriyalarni sarflaydi. Bolani xokkey yoki boshqa sport turiga berish uchun yana boshqa sabablarni keltirish joizmi?

Zo‘riqishning mavjud emasligi

Zo‘riqishni kattalargina yeyish orqali «hazm qilishadi», bolalar ham salbiy hislarga qarshi kurashish kerak. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi tekshirilgan yo‘l – yaxshi kayfiyatni juda ko‘p miqdordagi shirinlik, gazli ichimlik va burgerlar hisobiga olishni tanlashadi.  Bolada zo‘riqishni taom bilan hazm qilishga sabablar bo‘lmasligi uchun unga oila va maktabda qulay mikroiqlimni yaratishga harakat qilish lozim. Bolaga baqirmaslik, uni tushunish va har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlash.

Nafsni qitiqlaydigan yeguliklar kamroq bo‘lsin

Bir hafta uchun oldindan shirinliklar zaxirasini to‘plamang. Bola oshxona javonini ochib, ishtahani qo‘zg‘aydigan shirinliklarni tanlab oladi. Mittivoy ayni fursatlarda shirinlik yeyishni istamasligi mumkin, biroq orzu qilgan deserti yonida turganidan keyin nafsini tiyolmay qolishi aniq.

Porsiyaga e'tibor bering

Bolaning oldiga katta idishni qo‘ygandan ko‘ra o‘rtacha porsiyani taklif qilgan ma'qul. Agar u to‘ymasa, unga qo‘shimcha suzib berishingiz mumkin. Bolaga mo‘'tadil miqdordagi yegulikni taklif qiling – ortiqcha iste'mol qilish ishtiyoqini uyg‘otmang!

Foydali mahsulotlarni sotib oling va yegulikni uyda tayyorlang

Organik yegulik – kimyoviy moddalarsiz yetishtirilgan sabzavot va mevalarni tatib ko‘rish kerak. Shuningdek, o‘zingizni tushlik va kechki taomlarga restorandan buyurtma berish emas, u      larni uyda tayyorlashga o‘rgating. Yarim tayyor mahsulotlar ham u qadar yaxshi variant emas. Bola uchun sog‘lom ovqatlanishni ta'minlash kerak. Axir aslida sog‘lom ovqatlanish ortiqcha hashamatni talab etmaydi.

O‘rnak ko‘rsating

Bolalar ota-onalaridan namuna olishadi. Agar ota va onasi qad-qomati kelishgan, serharakat kishilar bo‘lishsa, mittivoy ham ularga o‘xshashga harakat qiladi. Agar ota-onasi cheksiz miqdorda fast-fud yeb, internetga «yopishgan» bo‘lsa, bolalar ham xulq-atvorning aynan shu modelidan nusxa olishadi. Shunday ekan, agar sizni namuna deb atash mushkul bo‘lsa, turmush tarzingizni qayta ko‘rib chiqing.

Teglar