Bolalar chizgan rasmlar asosida ajoyib ko‘ylaklar yaratilmoqda

  • 07:11 / 30.08.2016
  • 8242

Ikki farzandning onasi Jyeymi Nyuberrida ajoyib g‘oya paydo bo‘ldi: u qizi chizgan rasm asosida ko‘ylak tikib berdi. Bu ko‘ylak qizining dugonalari va ularning ota-onalariga juda manzur bo‘ldi va Jyeymi bu ko‘pchilikka qiziq bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab qoldi. 

Endilikda uning uncha katta bo‘lmasa-da, sevimli biznesi bor. Jyeymi "Buni chizib ber"  (Picture this) kompaniyasiga asos soldi. U bu yerda yordamchilari bilan birga bolalar o‘ylab topgan yorqin ranglardagi, yoqimli printlar tushirilgan ko‘ylaklar tikish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya hozircha faqat ko‘ylaklar tikish bilan band, ammo kelajakda xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga va'da bermoqda.

Mana bu Jyeymining qizi chizgan ko‘ylak surati.

Bolalar rasmlari asosida ajoyib printlar yaratilmoqda.

Ko‘ylak buyurtma qilish uchun nima qilish kerak? Avval saytdan ko‘ylakning andozasini olish kerak, keyin esa farzandingiz unga o‘zi istagan rasmlarni chizadi. 

Tayyor rasmni kompaniya manziliga yuborish lozim. Ikki haftadan keyin esa ko‘ylak tayyor bo‘ladi. 

Ana shunday noodatiy tarzda bolalarning orzulari amalga oshmoqda. Farzandlaringiz orzusiga befarq bo‘lmang!

Teglar