Bolalarga plastik yediryapmizmi?

  • 13:39 / 20.09.2019
  • 909

Suv ichayotganda yoki ovqatlanayotganda also plastik idishlardan foydalanmang. Chunki, bunday idishlarda siz suv va taom bilan qo‘shib plastikni ham yeb yuborishingiz mumkin ekan. Kattalarku mayli, eng katta xavf bolalar iste’mol qilayotgan mahsulotlarda ekan

Ученые были удивлены: как в организм детей попадает пластик

Bolalar sog‘ligini o‘rgangan nemis olimlari ularning tanasida xavfli miqdordagi mikroplastik mavjud ekanligini aniqlashdi. Tadqiqot Robert Koch instituti olimlari tomonidan 2014-yildan 2017-yilgacha Germaniya atrof-muhit agentligi mutaxassislari bilan birgalikda olib borildi. Izlanishlarning birinchi natijasi yaqinda e’lon qilindi. 

Tadqiqotda 3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 2 500 nafar bola ishtirok etgan. Ularning qon va peshob namunalari tahlil qilingan. Natijada, faqat 75 nafar bola organizmida mikroplastik zarrasi topilmagan, qolgan 1 425 bolada esa plastikning zaharli ta’siri aniqlangan. 

Ученые были удивлены: как в организм детей попадает пластик

Olimlar bolalar organizmida uchrashi mumkin bo‘lgan mikroplastikning 15 xilini tahlil qilib ko‘rishgan. Biroq tadqiqotchilar ulardan 11 tasini topishga muvaffaq bo‘lishgan, xolos. Yosh farqiga kelsak, zararli moddalarning eng yuqori kontsentratsiyasi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan. Jumladan, ularning organizimida perftoroktan kislotasi ko‘paygan. Murakkab bu aralashma sirli kostryulkalar, shuningdek, suv va olov o‘tkazmaydigan materiallar tarkibida ham uchraydi. Kislota tetraftoretalin polimerining tarkibiy qismi bo‘lib, xavfli toksik modda sifatida tan olingan. 

Ученые были удивлены: как в организм детей попадает пластик

Tadqiqotlarga ko‘ra, mikroplastik zarrachalarining asosiy miqdori bolalar tanasiga plastik idishlarda sotiladigan iste’mol tovarlari orqali kiradi. Polimerik materiallardan tayyorlangan qadoqdagi mahsulotlarga mikroplastik zarralar kirib qoladi. Uni iste’mol qilinganda esa organizimga o‘rnashib oladi. Mahsulotlar shisha idishda bo‘lsa, bunday xavf yuzaga kelmaydi, albatta. Biroq zamonaviy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini arzon plastiklarda qoplashni afzal bilishadi. 

Ученые были удивлены: как в организм детей попадает пластик

Deyarli hamma supermarketlarda bolalarning eng sevimli shirinliklari ko‘pincha plastik idishlarda qadoqlangan bo‘ladi. 

Olimlar ushbu tadqiqotga asoslanib, korxonalarda plastik qadoqlarni chiqarib tashlashni taklif qilishmoqda. Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kelgusi yildan boshlab bir marta ishlatiladigan plastik idishlardan foydalanish taqiqlanadi. Bu qaror qabul qilinishi uchun bir yil vaqt kerak bo‘ldi. Ammo, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining barcha sanoatida plastik idishlar taqiqlanishi uchun bir yildan ko‘p vaqt ketishi aniq.