Bolalikdan voz kecholmaydiganlar ofisi

  • 14:58 / 01.05.2016
  • 13035

Dunyoda shunday ishxona borki, u yerda ishlaydiganlarning uyga ketgilari kelmaydi. Shinam ofis, ping-pong, o‘yin pristavkalari! Ishning o‘zi esa safar qilishl bilan bog‘liq. Bu Londondagi Expedia ofisidir.

Kompaniya ish qidirish bo‘yicha Glassdoor saytining eng yaxshi ish beruvchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu bejizga emas: Expedia xodimlar o‘zlarini baxtli sezishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Masalan, bu yerda 12 oydan ortiq ishlaganlar uchun kompaniya sayohat uchun sarflanadigan 6-10 ming funt sterlinggacha xarajatlarni o‘z hisobidan to‘laydi.

Ofis tomida keng ayvon joylashgan bo‘lib, bu yerda oqshom ziyofatlari o‘tkaziladi, bir nechta bepul barlar va suhbatlashib o‘tirish hamda hordiq chiqarish uchun maydonchalar mavjud.

Tashqaridan qaraganda Expedia ofisi Londondagi boshqa binolardan mutlaqo farq qilmaydi.

Lekin ichkarida butunlay boshqacha manzaraga guvoh bo‘lasiz.

Qabulxona devorlariga kompaniya xodimlarining ta'til davomida olingan suratlari ilingan. Xodimlar 14 ming dollargacha yetuvchi bonuslar hisobiga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ichkarida aksariyat yuqori texnologiyali kompaniyalarda bo‘lgani kabi ping-pong va kiker bor.

Bu yerda Steam o‘yin platformasi asosidagi «Formula-1» simulyatorlari ham o‘rnatilgan.

O‘yin konsollarini yoqtiruvchilar Sony Playstation va Xbox qurilmalarida o‘yin o‘ynashlari mumkin.

Texnik direktor Liz Estouning aytishicha, kompaniyada katta bolalar uchun o‘yin muhitini yaratishga harakat qilinadi.

Xodimlar hattoki ofis bo‘ylab keks va ichimliklar tarqatishga mo‘ljallangan GPS-navigatorli tramvaycha ham yasashgan. Liz Estouning so‘zlariga  ko‘ra, uning hamkasblari tramvaycha oldiga borishga erinishadi, shuning uchun unga maxsus sensorlar o‘rnatish ustida ish olib borishmoqda. Shunda tramvay devorlarni «ko‘ra» oladi va uni iPhone yordamida boshqarish mumkin bo‘ladi.

Ofisning eng diqqatga sazovor tomonlaridan biri tomdagi ulkan ayvondir.

«Yoz faslida tom ustidagi ayvonda o‘tirish rohat», — deydi xodimlarni tanlash bo‘yicha maslahatchi Kon Marni.

«Bir oyda bir marta payshanba kuni biz kech soat beshdan yetti yarimgacha ayvonda yig‘ilamiz. Bu yer suhbatlar o‘tkazish uchun a'lo joy», — deydi Marni.

«Bu yerda bir kunda o‘n soatlab ishlamaysiz. Istasangiz, ping-pong o‘ynashingiz mumkin. Xayolingizni bir joyga yig‘ish uchun ayvonda o‘tirishingiz mumkin».

Liz Estouning aytishicha, Expediada judayam ochiq muhit hukm suradi. «Bu yerda ayol yoki erkakligingizning ahamiyati yo‘q. Bu yerda har bir kishining aytgan gapiga quloq solinadi, har bir xodim kompaniya ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi».

Tushlik qilinadigan stollar ustiga planshetlar o‘rnatilgan.

Albatta, bu yerda faqatgina o‘yin o‘ynashmaydi. «Menimcha, biz xalqaro kompaniya bo‘lganimiz bois eng murakkab ish tunda ham telefon orqali muloqotlar o‘tkazishdir», — deydi Marni.

«Men ertalabki soat beshda ham, tungi o‘n birda ham telekonferensiyalarda ishtirok etganman va bu oson emas. Ikkinchi tomondan, bu yerda ish vaqti chegaralanmagan», — deya qo‘shimcha qiladi Marni.

Barcha muloqot xonalari yorqin ranglarda va har biri o‘ziga xos bezatilgan.

Texnik direktor Liz Estou xalqaro kompaniyada ishlash ham ijobiy, ham salbiy taraflariga ega degan fikrda. «Mening ishimning eng yomon tomoni – bu soat mintaqalarining o‘zgarishi. Ba'zida safardan qaytib kelib ertalabki soat uchda uyquga yotgan paytlarim bo‘lgan».

Teglar