“Climate strike” (“Iqlim zarbasi”) iborasi Kollinsning inglizcha izohli lugʻatida 2019-yilgi asosiy ibora deb tan olindi. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.
Taʼkidlanganidek, “Climate strike” 2015-yilda Parijda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi arafasida qilingan harakatlarini anglatadi.
Keyingi yillarda bunday norozilik shakllari mashhurlikka erishdi. Bu asosan 16 yoshli shved eko-faoli Greta Tyunbergning faoliyati bilan bogʻliq deb taxmin qilinadi.
2017-yilda Britaniya lugʻatida “fake news“ (“soxta yangiliklar”) asosiy ibora boʻlgan boʻlsa, 2018-yilda esa “single-use“ (“bir martalik”) iboralari ommalashgan edi.