Bu qirollikni xaritadan izlab topish osonmas

  • 14:27 / 22.06.2019
  • 1279

Yevropa hududida ko‘plab mitti davlatlarni uchratish mumkin. Ana shunday davlatlardan biri – Andorra qirolligi. Pireney tog‘lari bilan o‘ralgan mamlakatni xaritadan izlab topish oson emas.

facte.ru sayti ana shu mamlakat haqidagi ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Mikrodavlat

Andorra Sharqiy Pireneyada «yashiringan». U ikkita mamlakat – Fransiya hamda Ispaniya bilan chegaradosh. Shimoldan janubga davlat hududi 25 km ga, g‘arbdan sharqqa esa 29 km ga cho‘zilgan. Shu tariqa Andorraning umumiy maydoni Moskva shahrining yarmiga teng. Mikrodavlatlar ro‘yxatida Andorra 2-o‘rinda turadi. Lyuksemburg esa birinchi o‘rinda. 

Iqlimi

Andorra dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan. Eng baland nuqtasi – 2950 metr. G‘arbda davlat tog‘lar bilan o‘ralgan.

Bu yerda qish faslida ko‘p qor yog‘adi. O‘rtacha harorat +5 daraja. Yoz fasli esa quruq va salqinligi bilan ajralib turadi. Harorat +17 daraja iliq.

Kuz yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘ladigan mavsum sanaladi.

Aholisi

Katalonlar – Ispaniyadan kelgan dehqonlar avlodi.Ular 11 ming nafarni tashkil etadi. Qirollik hududida jami 85 ming kishi yashaydi. Tub andorraliklar bu - aholining 46 foizi. Qolgan qismi esa – Fransiya, Ispaniya, Portugaliyadan kelgan immigrantlar. Aholining 7 foizi rus tilida so‘zlaydigan immigrantlar.

Tili

Mamlakatning rasmiy tili – kataloncha. Bundan tashqari, fransuz va ispan tillari ham tarqalgan. Aholi ingliz tilida bemalol so‘zlashadi.

Dini va an'analari

Aholining 99 foizi katoliklar. Bu uning mahalliy an'analari va turmush tarzida aniq aks etadi.

Bu yerdagi odamlar xushmuomala, muloyim, tabiatni asrashga alohida e'tibor qaratishi bilan ajralib turadi.

«Sardana», «kontrapas» va «marratxa» — Andorradagina uchratish mumkin bo‘lgan g‘aroyib mahalliy raqslar. Joylashgan o‘rni tufayli qadimiy an'analari ham o‘zgarmas holda saqlangan.

Pul birligi

Mamlakatda hisob-kitob yevroda amalga oshiriladi. Biroq qirollik Yevrohududga kirmaydi.

Andorra erkin savdo hududi hisoblanadi.

Davlatning nomi

Rasmiy nomi: Principat d’Andorra. Kataloncha shakli: Andorra.

Nima uchun sayyohlar Andorrani tanlashadi?

Andorra — tog‘li mamlakat. Bu yerda ko‘plab tog‘ chang‘isi tepaliklari va dam olish maskanlari joylashgan. Trassalar bolalar va uchishni endi boshlaganlar hamda professionallar uchun ham mos keladi.

Qayd etish joizki, bu yerda dam olish narxi qo‘shni mamlakatlardagiga qaraganda ancha arzon.

Odamlar bu yerga ekologiyasi toza joyda bo‘lish ilinjida tashrif buyurishadi. Bu hudud ekologik toza maskanlardan biri sanaladi. Bu yerda sanoat korxonalari mavjud emas, yo‘llar esa tirband emas. Shuning uchun ham toza tog‘ havosidan bahra olish borasidagi rejalar o‘zini to‘liq oqlaydi.

Teglar