Bu shaharlarga avtomobilda kira olmaysiz

  • 04:26 / 27.09.2018
  • 3235

Bugun avtomobillar kirishi ma'n etilgan shaharlar mavjud. Qanday maqbul variantlar bor? Ba'zi joylarda golf-karlar, ba'zilarida qayiqlar, boshqalarida esa hatto eshaklar ham.

Foto: Vikipediya

Gitxorn. Niderlandiya

Gitxorn qishloqchasida harakatlanish vositasi - faqat elektrda ishlaydigan elektrobotlar - suzish moslamalaridir. Ular kanalning turli qirg‘oqlaridagi uylarni birlashtiradigan bukri ko‘priklar ustidan ham bemalol suzib o‘tadi. Bunday hayot tarzi qishloqning geografik sharoiti bilan izohlanadi.

Foto: Vikipediya

Tsermatt. Shveytsariya

Alp vodiysida joylashgan qishloqchada shaxsiy avtomobillar mavjud emas. Havoni ifloslantirishidan cho‘chib, ularni ma'n etishgan. Hatto politsiyachilar ham ko‘cha bo‘ylab velosiped, otlar yoki piyoda harakatlanishadi. Tezkor va kommunal xizmatlari esa faqat elektr avtotransportlariga ega.

Foto: Vikipediya

Idra. Gretsiya

Idra yoki Gidra bu  - grek oroli. U qo‘riqxona mavqeiga ega. Shuning uchun transportning har qanday turi taqiq ostida: havoni ifloslantiruvchi gazlarga «yo‘q». Bu yerdagi yagona avtomobil – chiqindi mashinasi.

Foto: Wikipedia

Sviyajsk. Rossiya

Barcha mashinalar, hatto taksilar ham Sviyajsk shahriga kirishda to‘xtaydi. Mazkur diqqatga sazovor joylar muzeyi bor-yo‘g‘i 1,5ga 0,5 km perimetrni egallagan. Uni bir soat davomida tadqiq etish mumkin. Bunday kichik masofani hisobga olib, barcha arxitektura qurilmalarini avtobus oynasidan kuzatgandan ko‘ra piyoda tomosha qilgan  ma'qul.

Foto: Wikipedia

Venetsiya. Italiya

Venetsiya suv transportidan boshqa transport nojoiz bo‘lgan mashhur shaharlardan biriga kiradi. Bir necha yil avval hukumat hatto velosipedlarni ham ma'n etdi. Tartibni buzganlar 50 yevro miqdorida jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi. Barcha yerdan suv bilan o‘ralgan Venetsiyada avtomobillar istasa-da, tor, qadimiy ko‘chalar va ko‘plab mitti ko‘priklardan o‘ta olmasdi. Harakatlanishning asosiy vositalari – gondol, qayiq va kam litrli katerlar.

Foto: Wikipedia

Makino-Aylend. AQSh

Makino-Aylend shahri Guron ko‘lidagi aynan shu nomdagi orolni egallaydi. Unga borishning ikki usuli mavjud: samolyot va kater. Orol yerida motor transportini esdan chiqargan ma'qul. Motorlashtirilgan transport vositalari to‘g‘risidagi taqiq 1898 yildayoq qabul qilingan. Balki hukumatdagi odamlar uzoqni ko‘ra biladiganlardir: dunyo avtomobillar bilan to‘ladi va atrof-muhitni «zaharlaydi». Orol bo‘ylab faqat velosiped, ot yoki piyoda harakatlanish mumkin.

Foto: Wikipedia

Mdina. Malta

Mdina sokinlik shahri deb nomlanadi. Bu yerdagi jimjitlikni buzmaslik uchun shaharda yashaydiganlar uchungina avtomobillardan foydalanishga ruxsat berilgan. Boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlarga ham, qo‘shni hududlar aholisiga ham Mdinaga avtomobilda kirishga ruxsat berilmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, Malta poytaxti Valettada ham avtomobilda yurish mumkin emas.Buning sababi tushunarli: XVI asrda qurilgan ko‘chalarda zaminalnyy transportda o‘tish mushkul. Chunki shahar ko‘chalari otliqlar va karetalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan.

Teglar