Bu yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” onlayn nishonlanadi

  • 09:15 / 25.05.2020
  • 386

 Koronavirus pandemiyasi va aholi xavfsizligini inobatga olgan holda bu yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri odatdagidan farqli ravishda o‘tkaziladi. 25-may kungi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri onlayn  tashkil etiladi. Ushbu onlayn-loyiha Toshkent shahar hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi va UZREPORT TV bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Onlayn-tadbirda ustozlarning minnatdorlik she’rlari, qadrli sinfdoshlarning dil so‘zlari, bayramona kuy-qo‘shiqlari tayyorlangan.
Bugun erta tongdan maxsus teleloyihalar yordamida siz ham yaqinlaringiz, sinfdoshlaringiz bilan onlayn muloqotlar o‘tkazishingiz mumkin.