Bugun ham dunyoqarashi o‘zgarmagan soha rahbarlari ishdan olinadi – Prezident 

  • 18:00 / 01.04.2021
  • 115

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Yig‘ilishda davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

–  Tibbiyot juda og‘ir ahvolda. Rahbarlar jilovni yaxshi ushlay olishmayapti. Ular vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident rahbarlar bu vazifalarni to‘liq tushunib yetmayotganini, aynan shuning uchun ham o‘tgan 6 oyda Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hamda 37 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olinganini aytdi. 

–  Bugun ham masalani ichiga kirmagan, dunyoqarashi o‘zgarmagan, ushbu savollarga javob bera olmagan soha va hudud rahbarlari ishdan olinadi, - dedi Prezident.