Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida “svet” o‘chadi 

  • 10:44 / 08.11.2019
  • 190

Bugun, 8-noyabr kuni Yashnobod va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumani “Nodirabegim” mahallasidagi “Zumrad”, “Husnobod”, “Shohimardon” va “Muruvvat” ko‘chalaridagi yuqori kuchlanishli havo elektr tarmoqlarida VL-0,4 SIP simlarini yangi elektr tarmog‘iga ulash hamda “Shirinobod” mahallasi “Marv” ko‘chasidagi elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shox-shabbadalaridan tozalab tartibga keltirish maqsadida, ishlarni xavfsiz bajarish uchun aholi xonadonlarida elektr energiyasi 10:00 dan 17:00 ga qadar uzilish bo‘ladi.

5-6 soat “svet” o‘chishi mumkin
Shuningdek, ushbu tumanning “Tuzel” mahalla hududidagi 3366-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida “40 let” mavzesining 2-dahasidagi 2, 4, 5, 6, 13- uylarda ham soat 10:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Uchtepaning to‘rtta mavzesida elektr vaqtincha berilmaydi

Uchtepa tumanida elektr tarmoqlarining ta’mirlash ishlari sababli “Nurobod” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning 3, 4, 11, 25 mavzesida ham soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi o‘chadi.