“Bunyodkor” darvozaboni o‘z faoliyatini yakunladi

  • 12:55 / 01.12.2019
  • 417

Faoliyatining ko‘p qismini “Bunyodkor”da o‘tkazgan darvozabon Murodjon Zuhurov futboldan ketishga qaror qildi. Bu haqda Sports.uz xabar qilmoqda.

36 yoshli darvozabon uchun “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” bahsi faoliyatidagi so‘nggi o‘yinga aylandi. Kelasi yilning bahor faslida “Bunyodkor” futbol klubi rahnamoligida Murodjon Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi o‘tkaziladi.

Murodjon Zuhurovning futboldagi faoliyati:

2003-yil – “Do‘stlik” (3ta o‘yin)
2004-yil – “Metallurg” (4ta o‘yin)
2005-yil – “Metallurg” (7ta o‘yin)
2006-yil – “Metallurg” (21ta o‘yin)
2007-yil – “Navbahor” (6ta o‘yin)
2008-yil – “Bunyodkor” (10ta o‘yin)
2009-yil – “Bunyodkor” (11ta o‘yin)
2010-yil – “Bunyodkor” (2ta o‘yin) / “Nasaf” (9ta o‘yin)
2011-yil – “Nasaf” (10ta o‘yin)
2012-yil – “Nasaf” (19ta o‘yin)
2013-yil – “Bunyodkor” (12ta o‘yin)
2014-yil – “Bunyodkor”
2015-yil – “Bunyodkor” (20ta o‘yin)
2016-yil – “Bunyodkor” (29ta o‘yin)
2017-yil – “Bunyodkor” (22ta o‘yin)
2018-yil – “Bunyodkor” (14ta o‘yin)
2019-yil – “Bunyodkor” (13ta o‘yin)

O‘zbekiston terma jamoasi safida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.