«Bunyodkorlik san'ati» fototanlovi finalchilari taqdim etgan suratlar

  • 06:21 / 16.12.2016
  • 20607

«Bunyodkorlik san'ati» me'morchilik fototanloviga kelib tushgan minglab suratlarlardan faqatgina 15 finalchi tanlab olindi. VVS finalchilar taqdim etgan suratlar va ularga berilgan izohlar bilan bo‘lishdi.

Mikele Palatsso: «Fletayron-bilding — Nyu-Yorkdagi mashhur osmono‘par bino xuddi izg‘irin va shamolda harakatlanayotgan gigant kema kabi qorga burkangan shahardan suzib chiqayotgandek. Surat 2016 yilning 23 yanvarida Jonas nomini olgan tarixiy bo‘ron paytida olingan»

Aleksandr Nesterovskiy: «Ushbu surat me'morchilik va tabiat kesishuvi ramzidir»

Senad Taxmaz: «Me'morchilik elementining ajoyib, minimalistik ko‘rinishi»

Roman Robruk: «Bu uskunalar xonasi — ar-dekor uslubida qurilgan noyob inshoot»

Barbara Rossi: «Men vayronakorlikni aks ettirdim. U transformatsiya, harakat va go‘zallik ramzidir»

Mark Grassi: «2016 yilning iyunida Larung Garda hamma narsa o‘zgardi, lekin buni hamma ham bilmaydi. Sharqiy Tibetdagi Larung Gar buddistlarning dunyodagi eng katta maskani bo‘lgan. Iyun oyida Xitoy hukumati uni buzib tushladi»

Jina Soden: «Mavritaniya me'morchiligining ajoyib namunasi — bularning barchasi Italiya qasrida»

Jonatan Ualland: «Chiroqning yo‘qligi tomoshabinning e'tiborini suratkash urg‘u berishni istagan narsaga qaratish uchun xizmat qilishini ko‘rsatuvchi holat»

Shibasish Saxa: «Ayollar va erkaklar o‘z oilalarini boqish uchun peshona teri bilan mehnat qilishmoqda»

Enrike Gimenez-Velilla: «Bu surat rivojlanayotgan mamlakatlardagi qurilish ishlarida mehnat qilayotgan barcha nomsiz ishchilarga o‘ziga xos ehtiromdir»

Teglar