Butun dunyoda joriy qilinishi kerak bo‘lgan 16 ixtiro

  • 07:12 / 23.01.2017
  • 16502

Yaponiya — ajoyib mamlakat. U yerda yil sayin ko‘plab ajoyib ixtirolar qilinadi. Bunday ajoyibotlarga qarab, yaponiyaliklarning eng yorqin kashfiyotlari butun dunyoda qo‘llanishini istab qolsan kishi. AdMe Yaponiyada ixtiro qilingan 16 kashfiyot haqidagi ma'lumot bilan ulashdi.

 

1. Jamoatchilik badantarbiyasi

Jismoniy mashqlar xiyobonlar, maktablar va korxonalarda jamoatchilik bilan birga bajariladi.

 

2. Metrodagi qulay yo‘nalishlar

Har bir stansiyaga alohida raqam va harf biriktirilgan - yapon tilini bilmaydigan kishilar metroda adashib qolmasliklari uchun ana shunday tizim yo‘lga qo‘yilgan.

 

3. Do‘konda jo‘natmalarni yuborish va qabul qilish mumkin

Istagan joydagi do‘kondan jo‘natmalarni yuborish va ularni qabul qilish mumkin. Buning uchun pochtada navbat kutishga hojat yo‘q.

 

4. Qahva uchun muzli stakanlar

FamilyMart va 7-Eleven - avval ana shunday stakandan xarid qilasiz, keyin chiqaverishda unga qahva quyasiz.

 

5. Lapshalar uchun qaynoq suv avtomatlari

Tezpishar lapshalar sotiluvchi do‘konlarda chiqaverishda qaynoq suvli avtomatlar xizmat ko‘rsatadi. Kassadan uzoqlashmay, lapsha tayorlash mumkin.

 

6. Parklar yonidagi yugurish yo‘lakchalari

Ishdan keyin istagan kishi kiyimlarini almashtirib, ularni shkafga joylab, yugurishga kirishishi mumkin.

 

7. Qadoqdagi pishgan tuxumlar

O‘z vaqtini tejaydiganlar uchun foydali ixtiro.

 

8. Hojatxona va qo‘l yuvish moslamasi

Suvni tejovchi kashfiyot.

 

9. Savdo avtomati orqali restoranga buyurtma berish

Bu avtomatlar restoranga kiraverishda turadi.

 

10. Velosipedlar uchun soyabon ushlagich

Har qanday harakat vositasi uchun bebaho ixtiro. Endi hech qanday ob-havo harakatga to‘sqinlik qila olmaydi!

 

11. Jamoat hammomlari — sento

Ishdan keyin dam olish uchun ajoyib joy. Bunday hammomlarga kirish chiptasi bardagi kokteyldan arzon.

 

12. Sariyog‘ qirg‘ichi

Muzlatgichdan olingan sariyog‘ni nonga surishda qiynalmaysiz.

 

13. Bepul soyabonlar

Bekatlar va ko‘chalarda soyabon solingan qutilarni ko‘rish mumkin. Yomg‘ir yog‘gan taqdirda yo‘lovchilar ulardan mutlaqo bepul soyabonlarni olib, keyin uni duch kelgan birinchi qutiga qaytib solishlari mumkin.

 

14. Avtomatik velosiped to‘xtash joyi

Ikki g‘ildirakli transport vositasi muammosini hal qilish uchun shaharlar hukumatlari yer osti velosiped turargohlari yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Veloturargoh tashqi ko‘rinishidan liftga o‘xshaydi: to‘lovni amalga oshirib, velosipedlarni relslarga joylaymiz, eshik ochilishini poylab turish kerak, qolganini tizimning o‘zi bajaradi. Velosipedni qaytib olish uchun veloturargohning eshigi oldidagi skanerga to‘lov vaqtida berilgan kartochkani yaqinlashtirishning o‘zi kifoya.

 

15. Tetiklashtiruvchi sprey

Bu sprey yozning issiq kunlarida terini juda yaxshi namlaydi. U shuningdek gel, ko‘pik ko‘rinishida ham bo‘ladi.

 

16. Dispen Pak qadog‘i

Suyuq souslar va ziravorlar uchun megaqulay qadoq. Uni o‘rtasidan buksangiz bo‘ldi.

Teglar