Butun dunyoda norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan Jorj Floyd oltin tobutda ko‘mildi

  • 14:22 / 10.06.2020
  • 873

9-iyun kuni 46 yoshli marhum Jorj Floyd Texas shtatidagi qabristonga oltin tobutda ko‘mildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.   

Qayd etilishicha, u Pearlenddagi Xyuston memorial bog‘ida onasi Lasendraning yoniga yotqizilgan

Seshanba kuni marhumning oila a’zolari, do‘stlari va mehmonlar “Hamdlar cherkovi”da u bilan xayrlashib, so‘nggi manzilga kuzatishgan. Floydning tobutini ko‘tarib boruvchi dafn karvonini qabristongacha politsiya kuzatib borgan. Yuzlab odamlar Floydni so‘nggi manzilga kuzatish uchun ko‘chaga to‘plangan.

Eslatib o‘tamiz, afroamerikalik Jorj Floyd 25-may kuni politsiyachilar tomonidan ushlangan. Garchi qo‘llariga kishan taqilgan va qarshilik ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, politsiyachi uni 8 daqiqa davomida tizzasi bilan bo‘g‘ib turgan. Uning o‘limi butun dunyo bo‘ylab “Black Lives Matter” norozilik namoyishiga turtki bo‘ldi. Mustaqil tekshiruv Floydning qasddan bo‘g‘ilishi natijasida o‘lganligini tasdiqlagan. Sal keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u koronavirus bilan og‘rigan ekan.