Buxoroda o‘z uyidan 7 ming dollarni o‘g‘irlab ketgan kelin ushlandi

  • 11:42 / 14.01.2020
  • 299

Shu yilning 9-yanvar kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tug‘ilgan X.M. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.

Postda.uz’ning xabar berishicha, u bir kun avval yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming AQSh dollarini noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor say’-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.