Buxoroda tuman mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

  • 12:07 / 23.09.2021
  • 129

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 
Tezkor tadbirda Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro Y.O. xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qilgani aniqlangan. 

Qayd etilishicha, viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘limi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun ta’magirlik qilib, o‘zining Qorako‘l tumani Chekirchi mahallasida joylashgan xonadonida kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3-qismi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.