Buyragingizda tosh bormi? Xurmo iste’mol qilmang

  • 12:32 / 07.11.2019
  • 44

Foto: depositphotos.com

Xurmo vitamin va mikroelementlarga boy bo‘lishiga qaramay hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi, deydi diyetolog, fitoterapevt Anjelika Dyuval.

Kuzda xurmodan bahramand bo‘ling

“Xurmo salomatlik uchun juda foydali. Uning tarkibi kuz faslida organizm uchun juda qadrli bo‘lgan A, C va B guruhi vitaminlariga boy. Ular immunitet va asab tizimini mustahkamlaydi, turli infeksiyalardan himoya qiladi”, deb ta’kidlaydi dietolog.

Haftada 2-3 marta

Dyuvalning aytishicha, xurmoni bir haftada 2-3 marta iste’mol qilish mumkin. U muzlatgichga qo‘yilsa ham, o‘z shifobaxsh xususiyatini yo‘qotmaydi. Xurmo temir va yodga boyligi sabab kamqonlikdan aziyat chekayotganlar uchun foydali. Uni, hatto oshqozon yarasi va oshqozon-ichak tizimida kasalligi bor insonlarga ham yeyish tavsiya etiladi. 

Ammo

Biroq oshqozon osti bezi va buyrak-tosh kasalligi bor insonlar xurmodan iste’mol qilmaganliklari ma’qul.

Teglar