Byudjet mablagʼlarini oʼzlashtirgan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

  • 09:04 / 29.03.2021
  • 72

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq holat qayd etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qonlikoʼl tumani boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tekshiruvda, tuman qishloq xoʼjaligi boʼlimi va “A.O.” MChJ mansabdor shaxslari hududdagi “Suenli” kanaliga oʼrnatilmagan har biri 217,7 mln soʼmlik 3 dona nasos agregatlari hujjatlarini soxtalashtirish orqali jami 653,1 mln soʼm byudjet mablagʼlarini “rastrata” qilish yoʼli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.