Chap yuzimiz o‘ng yuzimizga qaraganda chiroyliroq ko‘rinishga ega, yoxud go‘zallik haqidagi sara faktlar

  • 15:16 / 12.09.2019
  • 153

Har bir inson, ayniqsa ayollar betakror ko‘rinish sohibi bo‘lishni xohlaydi. Bundan tashqari, hamisha yosh va go‘zal bo‘lib qolishga intiladi. “Go‘zallik dunyoni qutqaradi” – bu ibora bejizga aytilamagan axir. Keling, yaxshisi, go‘zallik haqidagi faktlarga e’tiborimizni qaratamiz.

Har yili dunyo bo‘ylab 9-senyabr Xalqaro go‘zallik kuni nishonlanadi.

Yolg‘iz tushilgan suratdan ko‘ra, guruh orasida suratga tushganda chiroyliroq ko‘rinasiz.

Chap yuzimiz o‘ng yuzimizga qaraganda chiroyliroq ko‘rinishga ega.

 Ideal qomatga ega ayollar bor yo‘g‘i 10 foizni tashkil etadi. 

Ayollar ko‘proq jiddiy erkaklarni jozibador deb hisoblashadi.

Insonning go'zalligi haqidagi fikrini ma’lum qilishda ayollar ko‘proq boshqalarning fikriga tayanadi.

90 foiz erkaklarga yosh bolanikiga o‘xshagan yuzli ko‘rinishdagi ayollar yoqadi.  

Evolyutsiya natijasida ayollarning tashqi ko‘rinishi keskin o‘zgardi, biroq erkaklarda bu hol kuzatilmadi.

Go'zallik subyektiv tushunchadir, ya’ni hammaninig go‘zallik borasidagi fikri har xil.

Qadimgi Gretsiyada quyoshda toblangan teri yoqimsiz hisoblangan.

Sharqda XX asrning o‘rtalarigacha qora tishlar ayollar go‘zallikning yorqin belgisi hisoblangan va bo‘yalgan ushbu tishlar bo‘yalmagan oddiy tishlarga nisbatan sog‘lom degan qarashlar mavjud bo‘lgan.

                  

Xitoyda qalin soqol va moylovli erkaklar kelishgan, bir so‘z bilan aytganda ideal ko‘rinishdagi insonlar hisoblanadi.

Zodagon fransuz ayollari yuzlariga ajin tushishidan qo‘rqib faqat suyuq ovqatlar yeyishga majbur bo‘lishgan.

Xitoyda eng kichik oyoq o‘lchamli ayollar betakror go‘zallik sohibalari hisoblangan.

Baliq yog‘i iste’moli terini mayin va chiroyli ko‘rinishini saqlab qolishga xizmat qiladi.

8 soatlik uyqu go‘zallikni saqlab qolishning asosiy belgisi hisoblanadi.

Tabiiy go‘zallik, ayniqsa Buyuk Britaniyada juda qadrlanadi

Teglar