“Chelsi” ilk transferini e’lon qilishga yaqin

  • 15:55 / 12.06.2020
  • 120

Evening Standard nashriga ko‘ra, “Chelsi” yaqin 72 soat ichida “Leypsig” hujumchisi Timo Verner bilan shartnomani uzaytiradi.
Manba bergan xabarlarga ko‘ra, londonliklar 24 yoshli nemis futbolchisining shartnomasidagi 54 million funtlik tovon pulini faollashtiradi.
Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan va transfer tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda. 
Joriy mavsumda Verner “Leypsig” safida 41 o‘yinda maydonga tushgan va 31 gol, 13 golli uzatmani amalga oshirgan.