“Chelsi” yarim himoyachisi koronavirus sabab mashg‘ulotlarda ishtirok etmaydigan bo‘ldi

  • 14:53 / 21.05.2020
  • 79

“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda.

19-may kuni “Chelsi” futbolchilari masofa saqlagan holda kichik guruhlarga bo‘linib mashg‘ulot olib borishni boshlagan.

Qayd etilishicha, Kante ehtiyot choralari kuchaytirilganiga qaramasdan o‘z sog‘lig‘idan xavotir olmoqda. Klub rahbariyati va bosh murabbiy Frenk Lempard Kantega 20-may kungi mashg‘ulotda ishtirok etmaslikka ruxsat berib, uning pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan.

Kantening guruh mashg‘ulotlariga qachon qaytishi hozircha noma’lum.