“Chelsi” yetakchisi jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

  • 15:56 / 19.05.2020
  • 229

“Chelsi”ning yetakchi futbolchisi Kallum Xadson-Odoi jinsiy tajovuzda ayblanib qamoqqa olindi. Bu Goal xabar berdi.
Politsiya vakili xabariga ko‘ra, poytaxt politsiyasi va tez yordam xizmati 19 yoshli hujumchining uyiga uning ma’shuqasi o‘zini yomon his qilishi ortidan chaqirilgan. Model shifoxonaga yotqizilgan, Xadson-Odoi esa voqea joyida qo‘lga olingan.
O‘sha kunning o‘zida futbolchining kvartirasida tintuv o‘tkazilgan.
“Tez yordam xizmati xodimlari guvohligida model futbolchi tomonidan jinsiy tajovuzga uchraganini aytgan. Futbolchi darhol qamoqqa olingan. Kafolat evaziga keyinroq ozodlikka chiqarilgan” deyiladi politsiya matbuot kotibi bergan bayonotda.
“Chelsi” bu voqeaga munosabat bildirishdan bosh tortgan. Klub bu bo‘yicha futbolchining o‘ziga murojaat qilishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Xadson-Odoi barcha uchrashuvlarda London jamoasi uchun 27 o‘yinda ishtirok etgan. Hujumchi 4 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirgan.