Chigirtkalar xurujiga qarshi kurashga Yaponiya ham qo‘shildi

  • 12:50 / 15.06.2020
  • 414

Yaponiya Pokistonda ekinlarga ziyon keltirayotgan chigirtka to‘dalarini nazorat qilishga yordam berish uchun xalqaro harakatlarga qo‘shilmoqda. Yaponiya hukumati Pokistonga yordam guruhini yuborishi haqida ma’lum qilgan.

Xitoy allaqachon o‘z mahsulotlarini taklif qildi va ekinlarga yetkazilgan zararni baholash uchun dehqonchilik bo‘yicha mutaxassislarni yubordi. Pekin Islomobod bilan ulkan iqtisodiy zonani yaratish uchun ikki davlat o‘rtasida “iqtisodiy yo‘lak” qurish ustida ishlamoqda. Shu maqsadlarni ko‘zda tutgan holda Xitoy dehqonchilik sohasida ham ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlamoqda va zararkunandalarga qarshi kurashda tashabbus ko‘rsatmoqda.

Turkiya changlatuvchi samolyotlar, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya esa ekinlarni changlatish ucchun hasharotlar yetkazib berayotgani haqida aytilmoqda. Pokiston siyosiy kelishmovchiliklarga qaramasdan Hindiston bilan ham chigirtkalarga qarshi kurash masalasida hamkorlik qilmoqda. 

Avvalroq, O‘zbekistonda ham marokash chigirtkasiga qarshi kimyoviy kurash boshlangani haqida xabar bergan edik.

Teglar