“Chinobod”liklar qachongacha qurtlagan suv ichadi?!

  • 18:58 / 14.08.2019
  • 577

Foto: xabardor.uz

Insoniyatning asosiy ehtiyojlaridan biri ichimlik suvi bilan bogʻliqdir. Xalqimiz orasida “suv va havodek zarur” degan ibora shundan kelib chiqqan boʻlsa, ne ajab. Mamlakatimizda keyingi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hududlardagi koʻplab aholi yashash maskanlariga ichimlik suv tarmoqlari tortilayotgani quvonarli. Afsuski, hamon ayrim hududlardagi yurtdoshlarimiz toza ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekishmoqda.

Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanidagi chekka — “Yangidala” QFYdagi hamyurtlarimiz ham koʻp yillardan buyon siz suratda koʻrib turgan joʻmrakdan suv ichishadi. “Nakurt” mahallasida esa umuman suv yoʻq”, - deb zorlanadi Zafar Xonnazarov.

  “Yangidala” QFYdagi “Nakurt” mahallasidagilar ham suv oladigan yagona jo‘mrak

- Baʼzan ushbu “kran”lardan haftalab suv chiqmay qoladi. Shunda biz “lotok”lardan suv ichishga majbur bo‘lamiz, - deydi oʻzini tanitishni istamagan shu yerlik kishi. Doʻstlik tumani markazida joylashgan “Chinobod” mahallasidagi koʻp qavatli uylarda yashovchi aholini ham suv tanqisligi muammosi qiynaydi. Vaqtida suv chiqmasligi oqibatida jo‘mrakdan qurtlagan suv oqadi. Uni biz qaynatib ichishga majburmiz, - deydi aholi vakillari.

“Chinobod”liklarning qurtlagan suv oqadigan jo‘mragi
 

A’zam Xo‘jaqulov, Xabardor.uz muxbiri