Chiqindilar orasidan tibbiy niqoblarni to‘plagan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi

  • 14:23 / 25.03.2020
  • 1082

Ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilar orasidan tibbiy niqoblarni to‘playotgan shaxs tasvirlangan video tarqalgandi. Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilib, tasvirdagi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati.

Holat tafsilotlarida keltirilishicha, videodagi hodisa 8-mart kuni Sirdaryo viloyatida yuz bergan. Tibbiy niqoblarni to‘plagan shaxs ruhiy kasalliklar dispanseri hisobida turgan.