Chirchiqdagi "Pedinstitut" o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

  • 16:55 / 26.03.2021
  • 64

Chirchiq Davlat pedagogika institutida pora olish bilan bog‘liq holat qayd etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri А.N. fuqaro U. ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritish evaziga 4 000 АQSh dollari talab qilib, shundan 2 000 АQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan А.N. va boshqalarga nisbatan JKning 168-moddasi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.