Chiroy uchun emas: nega Xitoydagi an’anaviy binolarining tomlari bukilgan?

  • 15:57 / 23.08.2019
  • 1752

Xitoy, Yaponiya va Janubi-Sharqiy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida tarixiy binolarning tomlari g‘ayrioddiy murakkab shaklga ega ekanligini payqagan bo‘lsangiz kerak. Albatta, bunday tomlar o‘ziga xos sharqona nafislikka ega. Na Yevropa, na Afrikada yoki Janubiy Amerika binolar me’morchiligida bu kabi jihatlar mavjud emas. Ammo nega Xitoy me’morlari tomni qurish uchun ortiqcha vaqt oladigan bunday shaklni tanlashgan?

Не для красоты: почему крыши китайских традиционных зданий загнуты вверх

Har qanday sivilizatsiya o‘zi shakllangan geografik makonning mahsulidir va Xitoy ham bundan mustasno emas. Xitoy madaniyatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, tabiiy sharoitlar uning tashqi qiyofasini belgilagan. Xitoy me’morchiligidagi o‘ziga xos tomlar ham tasodifan paydo bo‘lmagan. Tarixiy yilnomalar shuni ko‘rsatadiki, bundan 4000 ming yil avval ham Xitoy hududida shunga o‘xshash binolar mavjud bo‘lgan. 

Не для красоты: почему крыши китайских традиционных зданий загнуты вверх

Xitoy sivilizatsiyasining yuragi – Yanszi va Xuanxe daryolari havzasi va qirg‘oqbo‘yi hududlari aholi eng zich joylashgan yerlardir. Bu yerda yomg‘irli mavsumda kuchli tropik yomg‘ir hukmronlik qiladi. Mavsum boshlangach, bir necha hafta, ba’zan oylar davomida yomg‘ingarchilik tinmaydi. Bu xitoydagi tomlarning shakliga ta’sir ko‘rsatgan birinchi sababdir. Quruvchilar tomga tushayotgan suv bino devorlaridan iloji boricha uzoqroq joydan oqib tushishi uchun ana shunday tomni o‘ylab topishgan. Tom burchaklarning yuqoriga tomon ko‘tarib qurilishi yomg‘ir suvining bino devorlaridan sezilarli darajada uzoqroqqa borib tushishiga yordam beradi va ularning quruqligi hamda xavfsizligini ta’minlaydi.

Не для красоты: почему крыши китайских традиционных зданий загнуты вверх

Bunday murakkab tomni ushlab turish uchun Xitoy me’morlari ilgari hech qachon uchramagan, mutlaqo boshqacha tom yopish usulini ixtiro qildilar.

Не для красоты: почему крыши китайских традиционных зданий загнуты вверх

Bunday mahkamlash tizimi nafaqat tomning chetini sezilarli masofaga aylantirishga imkon beradi, balki yana bir muhim vazifani bajaradi: u binoning barqarorligini oshiradi.  Bu yerda murakkab tomlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan ikkinchi tabiiy holatni uchratish mumkin. Gap zilzilalar haqida ketmoqda.

Не для красоты: почему крыши китайских традиционных зданий загнуты вверх

Xitoy imperiyasi hududida doimiy ravishda yer silkinishlari kuzatiladi. Ularning katta qismi vayronagarchilik va qurbonlarga olib kelgan. Bunday sharoitda seysmik hodisalar ta’sirini susaytirishga imkon beradigan maxsus tuzilmalarni yaratish talab qilinardi. An’anaviy xitoy tomlari zilzilalar paytida tebranishlarni kamaytiradigan markaziy ustunga suyanadi. Shu sababli, u juda ko‘p tarixiy binolarning hozirgi kungacha saqlanib qolishini ta’minlagan ajoyib ixtiroga aylandi.

Не для красоты: почему крыши китайских традиционных зданий загнуты вверх