“Chosin” – Janubiy Koreyani biznes uchun betakror mamlakatga aylantirgan tamoyil

  • 05:33 / 14.09.2018
  • 2813

Bir necha o‘n yilliklar davomida Koreya Yaponiya soyasida yashadi. Biroq o‘ziga xos “chosin” tamoyili uni biznes uchun betakror mamlakatga aylantirdi.

G‘arbiy kompaniyalardagi muhim jihat –samaradorlilik va ratsionallik. Sharq tadbirkorlari uchun esa o‘zaro munosabat va odob-ahloq kodeksi muhimroq. Sharqdagi rahbarlar bilan uzoq muddatli, o‘zaro ishonchga qurilgan munosabatlarni o‘rnatish uchun Sharqning ishbilarmonlarga xos madaniyati va muzokaralar o‘tkazishning nozik jihatlarini bilish kerak.

Foto: Getty Images

«Kibun» yoki g‘urur, yuz - koreys madaniyatining o‘ziga xos jihati. «Kibun» - koreys madaniyatiga xos bo‘lgan bu tushuncha jamiyatning barcha jabhalariga singib ketgan. U g‘urur, yuz va odamning ichki holati bilan bevosita bog‘liq. Koreyslar tinchlik va uyg‘unlik atmosferasini yaratish va uni qo‘llab-quvvatlashga katta ahamiyat qaratishadi. Ishbilarmonlikka oid munosabatlarda o‘zga kishining «kibuni»ga tegmaslik muhim. Rahbar xodimlarining kibunini shikastlantirmaslikka e'tibor berishi kerak. O‘z navbatida, ular ham hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari va rahbarlarining «kibun»i zarar ko‘rmasligiga harakat qilishlari lozim.

Xorijliklar muloqotning nozik jihatlarini yodda tutishlari va hatto bu bilan haqiqatni biroz bezashga to‘g‘ri kelgan taqdirda ham doimo uyg‘unlik atmosferasini qo‘llab-quvvatlashlari kerak.

Kibun tushunchasi bilan bog‘liq yana bir so‘z bu – nunchxi. U o‘zga inson kibunini aniqlash qobiliyati. Buning uchun uning ovoz ohangi, imo-ishoralarini kuzatish kerak bo‘ladi. Nunchxi ishga oid muzokaralar muvaffaqiyatida katta ahamiyatga ega. Bu G‘arbdagi ijtimoiy intellekt konsepsiyasiga o‘xshab ketadi.

Yëyu esa koreys madaniyatining muhim jihati bo‘lib, u hatto murakkab vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlay olish qobiliyati, ichki kuchni anglatadi. Uni namoyish etuvchi rahbar o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon etadi. Yoyuni Konfutsiy ta'limida ham uchratish mumkin:

“Ko‘ngli ochiq erkak doimo ezgu harakatlar to‘g‘risida, oddiy odam esa qulaylik haqida o‘ylaydi”.

Yaxshi rahbarning yana bir qimmatli jihati – chonsin. U qat'iylik, aqliy quvvat va jangovar ruhni anglatadi. Bir necha o‘n yillar davomida Koreya Yaponiya soyasida yashab keldi. Kuchli chonsin tufayli ular o‘zlarining shaxsiy, betakror o‘ziga xos madaniyatini yaratishdi. Koreys pop-musiqasi va dramasi muvaffaqiyatiga qaraganda u butun dunyoda taassurot uyg‘ota oldi.

Foto: 123RF

Yaponlarga o‘xshab koreys rahbarlari ham barlarda ishga oid munosabatlarni rivojlantiradilar. Koreyslar noverbal (imo-ishorali) muloqotga diqqat qaratishgani sabab haqiqiy shaxs odam mast holatda bo‘lganida paydo bo‘ladi, deya hisoblaydilar. Xodimlar yarim tungacha qolib, mast rahbarlarini uylariga kuzatib qo‘yishlari kerak. Ba'zi koreyslar uchun ichishni bilish yaxshi ishlash ko‘nikmasiga qaraganda yuqori turadi.

Koreyslar ham yaponlar ham har doim ta'zim qilishadi. Qisqa egilish va boshni egish kifoya. Tashrif qog‘ozlarini almashayotganda bu qoidaga amal qilish muhim. O‘zganing tashrif qog‘ozini buklash, uni cho‘ntak yoki karmonga solish odobsizlik sanaladi. Tashrif qog‘ozlari uchun maxsus idishga ega bo‘lish ortiqchalik qilmaydi.

Ishga oid uchrashuvlarga kichik sovg‘alar olib kelish mumkin. Biroq shuni yodda tutish kerakki, Koreyada korrupsiya keng tarqalgan va ko‘pincha ta'sirga ega tadbirkorlarni pora olishda ayblaydilar. Sovg‘ani to‘g‘ri qabul qilishni ham bilish kerak. Sovg‘ani qabul qilayotgan odamning qo‘li sovg‘a berayotgan odam qo‘liga nisbatan pastroqda bo‘lishi lozim.

Boshqaruvning koreyscha uslubi ko‘p jihatdan yaponlarnikiga o‘xshash. Chunki ularning har ikkisiga ham konfutsiylik mafkurasi kuchli ta'sir ko‘rsatgan. 1910 yildan 1945 yilgacha Koreya yapon koloniyasi bo‘lgan. Har ikki mamlakat ham umumiy madaniy meros – konfutsiylik va buddizmga ega. Konfutsiy ta'limoti muloyimlik, sabr, itoatkorlik va bo‘ysunish ahamiyatini namoyon etadi hamda iyerarxik, avtoritar va Koreyadagi paternalist madaniyatining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Tashkiliy tuzilma ancha markazlashgan, boshqaruv rahbariyatning eng yuqori darajalarida to‘plangan (Chen, 2004; Cho and Yoon, 2001). Kompaniya katta do‘stona oila sifatida tasvirlanib, u yerda direktor yoki prezident patriarx yoki ota rolini o‘ynaydi.

Koreyada boshqaruvga nisbatan iyerarxik va paternalist yondashuv qabul qilingan. Xofstede Janubiy Koreyani hukumatdan nisbatan yuqori uzoqlik darajasiga ega mamlakat sifatida tasniflagan (60). Bu koreys madaniyati iyerarxiyani qo‘llab-quvvatlashi, odamlarga ularning ijtimoiy mavqeidan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishni anglatadi. Menejyer jamoaning bir bo‘lib ishlashini va a'zolarining yaxshi ish munosabatlarini ta'minlashi lozim. Uyg‘unlikning bu konsepsiyasi turli daraja vakillari o‘rtasida inva deb nomlanadi. Menejyerlar o‘z xodimlari bilan har tomonlama qiziqishlari, xodimlar esa sodiqlik va itoatkorlikni namoyish etishlari kerak. Koreys xodimlari yaponlarga qaraganda o‘z kompaniyalariga sodiqroq hisoblanadi.

Yaponiyada bo‘lgani kabi Koreyada ham rahbarlar gap qaror qabul qilish haqida borar ekan, konsensus (kelishuv)ga harakat qilishadi. Kelishuv sabab mas'uliyat muayyan qarorni qabul qilishga ta'sir etuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Konfutsiylikka ko‘ra, guruh ehtiyoji muayyan odam ehtiyojiga qaraganda yuqori turadi. Bu falsafa koreys biznesida keng tarqalgan. Bunday jamoaviy yondashuv norasmiy muloqot va aloqalarni o‘rnatishda ham amal qiladi. Korporativ madaniyat kompaniya saxunida o‘z aksini topadi, u yerda oliy vazifalar, maqsad, asosiy qadriyat va ishonch sanab o‘tiladi. Saxun menejyer va xodimlar amal qilishi kerak bo‘lgan qo‘llanma vazifasini bajaradi.

Foto: 123RF

Munosabatlarni o‘rnatish jarayoni xitoycha tamoyil – guansini esga soladi. Birinchidan, inmek – umumiy ijtimoiy aloqalar tizimi mavjud. Ikkinchidan, yongo – qarindoshchilik, universitet, maktab va mahalliy aloqalarga asoslangan munosabatlar bor. Va nihoyat, yënchjul — shaxsiy manfaatni ko‘zlab, afzalliklarga ega bo‘lish uchun o‘rnatiladigan munosabatlar. Bir maktab va kollejga borgan odamlar bor, ularni o‘zgacha munosabatlar bog‘lab turadi. Sonbe (katta) va xube (kichik)lar o‘rtasidagi aloqa Xitoydagi tsyanbeĭ va xoubeĭga, Yaponiyadagi senpaĭ (katta) i koxaĭ (kichik)ka o‘xshaydi.

Biroq koreyslar g‘arb ta'siriga ancha ochiqroq. Balki bu internatsionalizatsiya va konglomeratlar natijasidir. Koreyslarning yangi avlodi g‘arb madaniyatini tobora faolroq qabul qilmoqda va ish hamda shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat, ishda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni talab etmoqda. Koreys xizmatchilari g‘arbdagi hamkasblariga qaraganda kelishuv uslubiga moyilroq  (Kirkbride et al., 1991). Biroq amerikalik hodimlar o‘rtasida yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda,  AQShdagi rahbarlar ham mojaro talab etmaydigan uslub tarafdori. Bu amerikalik menejyerlarning boshqa mamlakatlardagi hamkasblari hamda globalizatsiya natijasidir (Paul et al. 2004).

Teglar