Chunsin shahridagi baland binolar orasidan o‘tuvchi yo‘lovchilar ko‘prigi

  • 13:06 / 02.01.2015
  • 4041

Binoning 13 qavatidan katta yo‘ldagi ko‘prikkacha olib boruvchi ushbu 30 metrli yo‘lovchilar ko‘prigi Xitoyning Chunsin shahrida qurildi. Eni 2 metr bo‘lgan ushbu ko‘prik yerdan 40 metr balandlikdan o‘tadi. 

Noodatiy ko‘rinishdagi bu ko‘prik mahalliy aholi uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida qurilgan. U tufayli shaharning bir joyidan ikkinchi joyigacha bo‘lgan yo‘l anchagina qisqaradi. 

Chunsin shahri Xitoyda ko‘priklar shahri sifatida tanilgan va bunday ko‘rinishdagi me'moriy obidalarni u yerda juda ko‘plab uchratish mumkin. Odamlar binoning 13 qavatiga liftda ko‘tarilib, ko‘prikdan shahar markaziga olib boruvchi yo‘lga chiqib olishadi. 

Ko‘rinishidan omonatdek tuyulgan bu ko‘prik aslida juda ham pishiq qilib qurilgan va mahalliy aholi orasida juda mashhur hisoblanadi.

Teglar