«Chuqur nafas oling». Xonadondagi havo tozalagich samara beradimi?

  • 07:00 / 08.04.2019
  • 3923

Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari orasida havo tozalagich (filtr) ancha ommalashdi. Avval, bunday moslamalar sanoat korxonalari, ofis yo shifoxonalarda ishlatilgan bo‘lsa, so‘nggi paytda filtrdan uy sharoitida foydalanish trend darajasiga ko‘tarildi. Ayrim xonadon bekalari faqat havo tozalagich xonadagi iflos havoga qarshi kurashishi, ko‘chadan kirayotgan chang va allergenlarni kamaytirishiga ishonadi. 

Foto: iStock

Filtr bozori esa geografiya tanlamay dunyo bo‘yicha kengayib bormoqda. Oxirgi 3 yilda havo tozalagich moslamalari sotuvi Janubiy Koreyada 3 baravar o‘sdi, hukumat mamlakatdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarini ana shunday matoh bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. 

Har yili atmosferadagi havoning ifloslanishi tufayli 1,6 million kishi halok bo‘layotgan Xitoyda ham filtr bozoridagi savdo ikki baravar o‘sib, yiliga 7,5 million dona tozalagich sotilgan qayd etildi. AQSh bozorida bu turdagi moslama 2017 yilda 2,6 milliard dollarga teng kapital hosil qilgan bo‘lsa, 2023 yilga borib, ushbu ko‘rsatkich 3,9 milliardga yetib borishi kutilmoqda.

Foto: REUTERS

Havo tozalagichning ommalashib, xaridorgir bo‘lishi astma va allergik kasalliklarning keng tarqalishi bilan teng yuz berdi. Ayrim ma'lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, ko‘chaga nisbatan xonadagi havo 2-5 baravar iflos bo‘lishi mumkin. Negaki, ko‘chada turli maishiy aerozol va tozalovchi muhit tufayli havo yangilanib turishi ta'kidlanadi. Biznes esa bu vaziyatda trendni his eta oldi, har kuni yangi va yangi moslamalar taklif etilmoqda, ular orasida iflosgarchilikni molekulyar darajada parchalash quvvatiga ega moslamalar borligi aytiladi

Havo tozalash moslamalar texnologiyasi o‘tgan asr 50-yillarida ilk marta ommaga taqdim etilgan HEPA (High-Efficiency Particular Air) filtrlari ishlab chiqarilishiga asoslangan. Asosan aviatsiya, shifoxona va sanoatga yetkazib berilayotgan tozalagichlarni kuzatgan nemis ishbilarmonlari 1963 yili xonadon uchun ilk havo filtrini taqdim etdi. U ko‘mir yordamida havoni tozalashi kerak edi. Bir zum o‘tmay, ushbu moslama astma kasalligi bor bemorlar uchun tavsiya etildi. 

​Ishlab chiqaruvchilar reklamada aytayotgan gaplari ham asosli: 2013 yilda chop etilgan ilmiy tadqiqot natijasiga ko‘ra, havo filtri inson salomatligini barqaror yaxshilanishiga xizmat qiladi, ayniqsa astma va allergiya kasalliklariga qarshi kurashda asqatishi mumkin. 

Foto: iStock

Ammo tadqiqot natijasi moslama har bir kishining xonasida ishlab turishi kerakligini anglatmaydi. Unday emas, ya'ni tadqiqot filtrning kasalliklar simptomini kamaytirib, bemorga yordam berishini aytadi, ammo xulosa barcha kishilar uchun chiqarilmaydi, deb hisoblaydi Amerika pulmonologlar assotsiatsiyasida atrof-muhitning inson salomatligiga ta'sirini o‘rganuvchi olim Kevin Styuart. 

Kevin Styuart

Styuartning ta'kidlashicha, havo tozalagich ishlab chiqaruvchilari foydasiga e'lon qilinayotgan tadqiqot natijalari aynan atmosferada iflosgarchilik darajasi yuqori bo‘lgan Osiyo, xususan Xitoy va Hindiston jamiyatida ta'sirli bo‘lyapti. Ammo tadqiqotning obektivligi va natijasi salbiy ta'sir o‘tkazuvchi omillar ham mavjud, masalan, havoning ifloslanishiga nima sabab bo‘lganini o‘rganmay, yechimlarni izlash jamiyatda asliyatdan chalg‘ityapti. 

Foto: PRAKASH SINGH /AFP /Getty Images

Xonadondagi kashanda erkak yo ayol, shahar biqinidagi sanoat korxonasining ta'siri haqida churq etilmaydi, ammo yechim taklif etilyapti. Ovqat pari, devor izolyatsiyasi turi, qalinligi, iqlim, mavsum kabi omillar ham e'tibordan chetda qoladi. 

«Havo filtri maishiy ma'noda inson salomatligiga ko‘mak qilishi mumkin, ammo tibbiy jihatdan uni jiddiy qabul qilish kerak emas. Avvalo, havoni ifloslantiruvchi omillar bartaraf etilishi zarur», — deydi Styuart. 

Uning aytishicha, har bir xonadon egasi xonalarda havo almashinuviga qat'iy rioya qilishi, chekish oqibatida paydo bo‘layotgan tutunni haydab chiqarishi va boshqa salbiy omillarni darhol yo‘q qilishi kerak.

Teglar