COVID-19 vaksinasi insonlarda sinab ko‘rildi! Natija hayratlanarli!

  • 14:52 / 21.05.2020
  • 154

COVID-19’ga qarshi vaksinaning birinchi tajriba sinovlari umidvor natijalarni ko‘rsatdi. Yangi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq hozirgi vaziyatni hisobga olsak, bu juda yaxshi yangilik. Chunki 21-may kunidagi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda ushbu kasallik bilan og‘riganlar soni besh milliondan oshib ketgan va u 300 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Endi do‘konga chiqib kelish, xuddi mehmonga borgan kabi juda murakkab tayyorgarlikni talab etmoqda. Uydan chiqishdan avval kiyinish, tibbiy niqob, qo‘lqop va ko‘zoynak taqish, uyga qaytganda ularni to‘g‘ri yechib, qo‘llarni yuvish va kiyimlarni almashtirish lozim. Karantin choralaridan charchagan butun dunyo aholisi koronavirusga qarshi vaksina yaratilishini intiqlik bilan kutmoqda

Koronavirus vaksinasi haqida nimalar ma’lum?


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus pandemiyasini e’lon qilganidan so‘ng, oradan ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tdi. Bu vaqt davomida butun dunyo olimlari vaksina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda. Bu juda qiyin vazifadir. Chunki tadqiqotchilar hanuzgacha COVID-19’ning yaqin qarindoshi bo‘lmish SARS va MERS koronavirusiga qarshi vaksina yaratishga urinishmoqda. Buning o‘ziga xos afzalligi ham mavjud. Chunki o‘sha olimlarning aksariyati hozirda qo‘lga kiritgan kichik natijalari asosida COVID-19 vaksinasini yaratishga o‘tib ketishdi.

Ming afsuski, koronavirusning haqiqiy uyasi haligacha topilgani yo‘q. Hozircha haqiqatga eng yaqin taxmin ko‘rshapalaklar bo‘lib turibdi. Hozirda Germaniya, Rossiya, AQSh hamda Xitoy olimlari koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda. Rossiyaning Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi olimlarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish jarayoni taxminan bir oy ichida boshlanadi va vaksinaning o‘zi avgust oyida tayyor bo‘ladi. Albatta, bu voqealar rivoji uchun ijobiy bashoratdir, ammo tadqiqotchilarning o‘zlari barchasi reja bo‘yicha ketadi, deb umid qilishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 500 kishiga tajriba tariqasida vaksina qilingan. Natijalar yaxshi bo‘lishiga umid qilamiz!

COVID-19’ga qarshi birinchi emlash 

Ispaniyaning El Pais nashri ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik olimlar tomonidan rekord vaqt ichida ishlab chiqilgan COVID-19’ga qarshi birinchi tajriba vaksinasi insonlarga qilingan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Birinchi sinovdan so‘ng tadqiqotchilar vaksinani “mutlaqo xavfsiz va yaxshi qabul qilindi”, deb baholadi. Mijozlar 45 nafar sog‘lom ko‘ngilli edi. Ulardan sakkiztasida koronavirusga qarshi antitelalar topilgan.

Prototip vaksina dastlabki sakkizta ishtirokchida zararni neytrallashtiruvchi antitelalarni yaratdi. Virusni bog‘laydigan va uning hujayralaridagi yuqtirish qobiliyatini bloklaydigan antitelalarga o‘xshash. Bu haqda olimlar tadqiqotning rasmiy press-relizida yozgan. Moderna kompaniyasi vakillari, ularning tajriba vaksinalari emlangan va keyinchalik yuqtirilgan laboratoriya sichqonlarining o‘pkasini virus tarqalishi va ko‘payishidan butkul himoyani ta’minlaganligini aytdi. Tadqiqotlar AQShning Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti (NIAID) bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 45 ta hayvon ustida o‘tkazilgan sinovlardan so‘ng AQSh hukumati 600ta sog‘lom ko‘ngilli ishtirokida ikkinchi bosqich sinovini o‘tkazishga ruxsat berdi. Agar hammasi yaxshi kechsa, iyun oyida kompaniya uchinchi bosqich – minglab odamlarda sinab ko‘rish boshlanadi.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda 118ta SARS-CoV-2’ga qarshi eksperimental vaksinalar ro‘yxatga olingan, ulardan sakkiztasi odamlarda sinovdan o‘tgan. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, ulardan ba’zilarining ilk sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani ularning samaradorligi yoki xavfsizligini kafolatlamaydi. Modern kompaniyasining texnik direktori so‘zlariga ko‘ra, mart oyining boshida ispaniyalik farmatsevt Xuan Andres COVID-19’ni emlash uchun bitta vaksina yetarli emasligi haqida ogohlantirgan. Vaksinalar bilan bog‘liq javobi topilmagan savollar juda ko‘p. Vaksinani pandemiya sharoitida qancha dozada qilish kerak? Uni qancha odam oladi? Buni kim va qanday hal qiladi?

Hozircha, biz ijtimoiy masofa saqlab, JSST tavsiyalariga qat’iy amal qilishimiz kerak. Shuning uchun biz olimlarga omad tilab, o‘zimiz va yaqinlarimizga g‘amxo‘rlik qilishimiz lozim. Hech qachon unutmang, har kuni minglab shifokorlar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, mamlakatdagi shifoxonalarning “qizil hudud”larida bo‘lishmoqda. Biz esa ular uchun uyda o‘tirishimiz lozim.