COVID-19ga chalingan har uchinchi odamda ruhiy buzilishlar kuzatilgan 

  • 17:45 / 07.04.2021
  • 53

AQSh va britaniyalik olimlar tadqiqotlar natijasida koronavirusga chalingan insonlarning aksariyatida miya faoliyatiga doir buzilishlar sodir bo‘lishini aniqlashdi. 

Tadqiqotda 200 ming nafar odam ishtirok etgan. Ular koronavirusni boshdan kechirganlaridan keyin oradan yarim yil vaqt o‘tib to‘liq tekshiruvlardan o‘tishgan. 

Natijada ishtirokchilarning har uchinchisida ruhiy salomatlik yomonlashgani ma’lum bo‘lgan. Tadqiqot ishtirokchilari orasida tahlika va affektiv buzilishlar nisbatan ko‘proq qayd etilgan.