Daho kishilarni birlashtirib turuvchi 2 narsa

  • 20:37 / 11.03.2019
  • 6435

Daholik super aql bilan emas, ijodkorlik – istalgan vazifani yechishda tasavvurni qo‘llash qobiliyati bilan tushuntiriladi.

Nostandart fikrlash

Masalan, Benjamin Franklinni olaylik. Deyarli maktab ta'limini olmay, mustaqil ravishda o‘qib, u muhim kashfiyotchi, diplomat, olim yozuvchi va siyosiy arbobga aylandi. U chaqmoq elektr tabiatiga egaligini isbotlab, uni jilovlash usulini kashf etdi. Okean oqimlari haroratini o‘lchadi va aniq Golfstrim xaritasini tuzgan ilk odamga aylandi.

Albert Eynshteyn taqdiri ham o‘xshash. Bolaligida gapirishni kech boshladi. O‘sha vaqtdagi ta'lim tizimiga isyonkorona munosabati sabab yomon o‘qidi.

Olgan barcha bilimlarini shubhaga qo‘yib, ularni mushohada qildi.

Bolaligida nutq ko‘nikmalarining sekin rivojlanishi esa kundalik hodisalarni kuzatish imkonini berdi.

Yoki Stiv Jobsni yodga olaylik. U ham Eynshteyn kabi (ishida boshi berk ko‘chaga kirganida skripka chalardi) go‘zallikning ahamiyatiga ishonardi. U san'at, aniq va gumanitar fanlar bir-biri bilan birlashishi kerak deb hisoblardi. O‘qishni tashlab, kalligrafiya va raqs mashg‘ulotlariga yozildi. Keyinchalik esa ma'naviy rivojlanish maqsadida Hindistonga jo‘nab ketdi.

Qiziquvchanlik

Leonardo da Vinchini yetuk daho deb hisoblash mumkin. U rassom sifatida ham, olim sifatida ham fikr yurita olgan. Shu tufayli nazariy tamoyillarni tasavvur qilgan. O‘zining so‘zlariga ko‘ra, u tajriba va tadqiqot ortidan borgan. Uning kishini hayratga soladigan jihati qiziquvchanlik edi.

Undan qolgan minglab varaqli kundaliklar uni qiziqtirgan savollar bilan to‘lgan. Masalan, u nima uchun odamlar esnashi, maydoni aylanaga teng bo‘lgan kvadratni qanday yasash, aorta klapanlarini bekilib qolishga nima majbur qilishi, odam ko‘zi yorug‘likni qanday qabul qilishi va bu rasm chizishda qanday asqotishini bilishni istardi.

Da Vinchi barcha narsalarni bilishni istardi. Jumladan, fazoni ham.

Uning qiziquvchanligi odamlar faqat bolalikda qiziqadigan narsalarga yo‘naltirilgan edi (masalan, nima uchun osmon ko‘m-ko‘k).

Ayrim odamlarni muayyan sohalardagina daho sanash mumkin. Masalan, Leonard Eyler matematikada, Motsart esa musiqada. Da Vinchining iste'dod va qiziqishlari esa ko‘plab sohalarni qamrab olgan.


Teglar