Dahoga aylanmoqchimisiz? Bu 33 ta sayt sizga yordam beradi

  • 18:00 / 31.05.2018
  • 11822

Tadbirkor Tomas Oppong Medium’dagi qaydida aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish istagida bo‘lganlar uchun 33 ta saytni to‘plagan. Ulardan bir qismidan foydalanib ko‘ring va samarali ekaniga guvoh bo‘ling.

Foto: Fotolia

Internetning yangi bilimlar manbai sifatidagi ahamiyati tobora ortmoqda. Oksford professori kitoblarini o‘qish shart emas, axir aynan shu professor o‘z bilimlari bilan bo‘lishish uchun onlayn kurslar o‘tkazayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Ta'lim beruvchi saytlar tobora ko‘payib borayotgani kichik muammoga aylanmoqda. Ularning har biri o‘nlab, ba'zida yuzlab kurslardan iborat ekanini hisobga oladigan bo‘lsak, qay biri foydaliligini anglab olish mushkul. Tadbirkor va bloger Tomas Opping tomonidan saralab olingan bilim beruvchi saytlar quyidagilardan iborat.

Diqqat: ushbu saytlarning ko‘pchiligida ma'lumotlar ingliz tilida berilgan.

BBC  Future — zamonaviy dunyo to‘g‘risidagi maqola va videolar agregati.

99U — Samaradorlik, o‘z-o‘zini shakllantirish va yetakchilik to‘g‘risidagi YouTube-kanal.

YouTube EDU —YouTubening bilim beradigan videolar to‘plangan bir qismi.

WikiWand — “Vikipediyaning” ko‘proq o‘ylab ishlangan va funksional interfeysi (sharh).

The long read (The Guardian) — The Guardian nashriyotining o‘ylantiruvchi reportaj va longridlarga bag‘ishlangan bo‘limi.

TED — o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashuvchi mashhur odamlar videolari.

iTunes U — yetakchi universitetlar ma'ruzalariga bag‘ishlangan iTunes bo‘limi.

Insightful Questions —  Redditning intellektual bahslarga atalgan bo‘limi.

Cerego — sizning kuchli va kuchsiz jihatlaringizdan kelib chiqib, bilim olishni rejalashtiradigan xizmat.

University of the People — turli mutaxassisliklar bo‘yicha kurslar taklif etadigan bepul onlayn-universitet.

Open Sesame — kurslar bilan savdo qiluvchi maydon.

CreativeLive — ijodiy mutaxassisliklar bo‘yicha dunyo ekspertlaridan bepul kurslar.

Coursera — dunyoning mashhur universitetlarining yuzlab kurslariga ega bo‘lgan sayt.

University of Reddit  —Reddit foydalanuvchilari o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashadigan bo‘lim.

Quora — bu saytda turli - biznesdan tortib komikslargacha oid savollaringizga javob topiladi.

Digital Photography School — foto olishni o‘rgatishga bag‘ishlangan maqolalar mavjud bo‘lgan sayt.

Umano —  odamlar tomonidan ovoz berilgan maqolalar audio yozuviga ega yirik to‘plam.

Peer 2 Peer University — ochiq ma'rifiy loyiha.

MIT Open CourseWare —Massachusets texnologik universitetining bepul kurslari.

Gibbon — o‘rgatuvchi pleylistlarni tuzishni o‘rgatuvchi servis (sharh).

Investopedia — sarmoyalash, moliya bozori va shaxsi moliya bo‘ylab o‘ynashni o‘rgatadigan sayt.

Udacity — texnika yo‘nalishidagi onlayn kurslar.

Mozilla Developer Network —veb-ishlanmalar bilan shug‘ullanishni o‘rgatadigan sayt.

Future Learn — yetakchi universitetlardan bepul onlayn-kurslar.

Google Scholar — ilmiy adabiyotlar  - kitob, maqola va jurnallar bo‘ylab izlash.

Brain Pump — har kuni biror yangi narsa o‘rganish joyi.

Mental Floss — turli sohalardagi bilim darajasini aniqlash uchun testlar.

Learnist — ekspertlar tomonidan tanlangan kontent yordamida o‘rganish.

DataCamp — ma'lumotlar ilmi to‘g‘risida onlayn-qo‘llanma va kurslar.

edX — turli universitetlardan onlayn-kurslar.

Highbrow — pochtangizga har kuni yuboriladigan kichik kurslar.

Coursmos — tez-tez chalg‘iydiganlar uchun qisqa kurslar.

Platzi —dizayn, marketing va dasturlash bo‘yicha onlayn-saboqlar.

Teglar