Daholar ham yechimini bilmaydigan bolalarga xos oddiy topishmoqlar 

  • 14:40 / 02.12.2019
  • 2057

Dunyoda topishmoqlar ko‘p. Odatda bolalarning topishmoqlari juda jo‘n, deb qaraladi. Biroq o‘sha oddiy topishmoqlar orasida shundaylari borki, kattalarni boshini “xum” qilib yuborishi, boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi mumkin. Bolalar esa uning javobini kulibgina aytib qo‘ya qolishadi.  Qani, ana shunday topishmoqlardan bittasiga javob topib ko‘ringchi:

Mushuk – 4, it – 3, eshak – 2, qurbaqa – 3.  Xo‘rozga necha raqam qo‘yiladi va nima uchun?
 
Darhaqiqat, biz kattalar nima ekan, deb o‘ylay boshlagan vaqtimizda bolalar darrov 8, deb qo‘ya qolishadi. Nimaga 8? E’tibor bering, mushuk “miyov” deydi – 4 ta harf, it “vov” deydi – 3 ta harf, eshak “ia” deydi – 2 ta harf, xo‘rozning qichqirig‘i 8 ta harfga teng.
Juda ko‘p masalalarni hal qilishda oddiy yondashuv katta muvaffaqiyat olib kelishiga mana shu misollar dalil bo‘la oladi, deb yozadi Rambler.ru.

Teglar