Dallol - Yer yuzidagi odam yashaydigan eng jazirama joy

  • 00:06 / 22.06.2019
  • 1323

Agar fantastik manzarani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish, haqiqiy jaziramani his etishni istasangiz, Dallolga otlanishingiz kerak, deya yozmoqda facte.ru.

Dallol — Efiopiyadagi Danakil pastligi hududida joylashgan. Bugun ushbu hudud yillik o‘rtacha eng baland haroratga ega. U 34,4 daraja issiqni tashkil etadi. Bundan tashqari, Dallol sayyoradagi borish qiyin bo‘lgan joylardan biri hisoblanadi. Chunki u yerda yo‘llar yo‘q. Xabar va yuklarni yetkazish karvon yo‘llari orqali amalga oshiriladi.

Atrofdagi manzarani kuzata turib, u fantastik filmdagi kadr emas, haqiqat ekaniga ishonish mushkul. Dallol o‘zining oltingugurtli hovuzlari va lavali ko‘llari bilan mashhur. Bu yerda xuddi shu nomdagi vulqon mavjud bo‘lib, uning so‘nggi otilishi 1926 yilda kuzatilgan.

Buloqlar to‘q yashil rangdan tortib, olovrang qizil ranggacha. Ushbu g‘aroyib ranglarga bir qarang-a! Sahro Yerning eng issiq joyi ekanini unutmang.

Gap shundaki, gazlar va qaynoq lava ko‘llari quyosh bilan birga bu yerni juda yuqori haroratda qizdiradi. Bu nafaqat eng jazirama, balki sayyoradagi eng quruq joy.

Bu kabi og‘ir iqlim sharoitlariga qaramay, sahroda afar qabilasi yashaydi. Bu xalq ko‘chmanchi hayot tarzini olib boradi. Ular asosan yirik shoxli qoramollarni boqadi. Ularning turar-joylari boshqa joyga ko‘chib yurishga mo‘ljallangan.

Bu yerdagi xalq Avash daryosi hisobiga kun kechiradi. Mahalliy aholining katta qismi tuz ishlab chiqarish ortidan pul ishlab topadi. Uni sotish uchun bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishadi.

Teglar