Damashqqa uyushtirilgan raketa hujumida isroillik harbiylarning qo‘li borligi aytilmoqda

  • 10:53 / 14.02.2020
  • 203

Foto: Commons.wikimedia.org

Bundan bir hafta oldin Suriya poytaxtiga uyushtirilgan raketa hujumi isroillik harbiylar tomonidan amalga oshirilgan, deya xabar bermoqda “Interfaks” internet nashri mahalliy OAV ma’lumotlariga tayanib.

6-fevral kuni Isroil havo kuchlariga tegishli to‘rtta F-16 qiruvchi samolyoti Suriya havo hududiga bostirib kirgan va asosiy nishon sifatida o‘q-dori omborini tanlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Damashqqa raketa hujumi uyushtirilgani xususida xabarlar tarqalgandi. Ushbu operatsiyada Suriya mudofaa kuchlari bir nechta hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.