Daniyada bolalarni masofaviy o‘qitish masalasi ko‘rib chiqiladi 

  • 11:24 / 16.06.2020
  • 305

Daniya ta’lim vaziri Pernille Rozenkrans-Teyl karantin paytida bolalarning qanday o‘qitilganligi masofaviy o‘qitishga boshqacha nazar bilan qarash imkonini berganligini aytdi, deya xabar berdi Berlingske nashri. Vazirning fikricha, masofaviy o‘qitish yaxshi natija berdi va undan kelgusida ham unumli foydalanish masalasini ham ko‘rib chiqish mumkin. Hukumatning navbatdagi yig‘ilishida o‘qitishning bu yangi usullari muhokama qilinishi kutilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Daniyada 15-martdan karantin e’lon qilingan va bolalar masofaviy ta’limga o‘tishgan edi. 15-apreldan bu mamlakatda karantindan chiqishning birinchi bosqichi amalga oshirildi. Daniya hukumatining rejasiga binoan, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maktabgacha ta’lim muassasalariga va maktablarga chiqishga ruxsat berildi. 11-maydan karantindan chiqishning ikkinchi bosqichi boshlandi va kafe, restoran, savdo markazlari ishga tushirildi. Yuqori sinf o‘quvchilari o‘quv muassasalariga qatnashni boshladi.  

Teglar