Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi

  • 12:00 / 04.04.2021
  • 130

Prezidentning "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi.
Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalarida jami 5288 ta shtat qisqartiriladi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.
Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, uning barcha vazifa, funktsiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga o‘tkazildi.

2021-yil 1-sentyabrgacha xodimlarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI – Key Performance Indicator)ga erishilganligi natijalarini baholash uchun maxsus dastur ishlab chiqilib, davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.