Davlat organlariga maxsus texnikalar xaridi uchun qariyb 2 trln so‘m ajratiladi

  • 17:30 / 05.04.2021
  • 68

2021–2023-yillarda davlat organlari tomonidan jami 2 770 ta texnikalar xarid qilinadi va ushbu maqsadlar uchun 1,934 trln so‘m ajratiladi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu texnikalar davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq sotib olinadi.

Shuningdek, viloyatlarga “Obod qishloq”va “Obod mahalla” dasturlari doirasida maxsus texnikalarni xarid qilish uchun hududiy obodonlashtirish boshqarmalariga 2021-yilda qo‘shimcha 108,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Tuman (shahar)lardagi ichki yo‘llar va markaz ko‘chalarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish uchun maxsus texnikalarni xarid qilish uchun Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga 2021-yilda qo‘shimcha 196,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.