Davlatlardan o‘zib ketayotgan zamonaviy shaharlar haqida 5 ta fakt

  • 09:15 / 02.09.2021
  • 392

Ko‘pchilik davlatlar atomlarni yodga soladi: yadro (poytaxt) atom (mamlakat)ning uncha katta bo‘lmagan hududini egallaydi, lekin massasi (og‘irlik)ning katta qismini o‘zida to‘playdi.  

Vaqt hukmidan tashqarida

Shaharlar – barcha imperiyalar va ularda yashagan xalqlarga guvoh eng uzoq yashovchi ijtimoiy tashkilot ko‘rinishidir. Masalan, Usmoniylar va Vizantiya imperiyalari allaqachon yo‘qlik qa’riga ravona bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi Istanbul avvalgidek yirik madaniy va savdo markazi bo‘lib qolmoqda. Hatto, uning geografik ta’sir radiusi Usmoniylar davridagidan ham kengroq, garchi u Turkiyaning poytaxti bo‘lmasa-da. 
Shaharlar – chindan ham ijtimoiy tashkilotlarning vaqt hukmiga bo‘ysunmaydigan global ko‘rinishidir. 
Ularning yuzaga kelishi uzoq davom etdi: qishloqlardan shaharlarga, keyin megapolislarga va nihoyat yuzlab kilometrlarga cho‘zilgan shahar algomeratsiyalarigacha (algomeratsiya – aholi manzilgolarining umumiy yig‘indisi). 

Megalopolis

XXI asrda shaharlar insoniyat tomonidan yaratilgan infratuzilmaning eng yirik ko‘rinishiga aylandi va hatto, fazodan ham yaqqol ko‘rinadigan bo‘ldi. 1950-yilda aholisi 10 milliondan ortiq bo‘lgan ikki shahar bor edi – Tokio va Nyu-York. 2015-yilda bunday shaharlar soni 40 tadan oshishi kutilmoqda. 

Chunsin (Xitoy) aholisi Katta Mexikoniki bilan teng va hatto, butun bir Avstraliyanikidan ko‘proq. Megalopolis bir necha o‘zaro bog‘liq tumanlarni birlashtiradi. Shaharlar urbanistik arxipelaglarga aylanib ketdi. Ulardan eng yiriklaridan – yapon megalopolisi Tokaydo bo‘lib, uchta aglomeratsiya  – Tokio, Nagoya, Osakadan shakllangan. Bu yerda Yaponiya aholisining uchdan bir qismi yashaydi.  

Megalopolisni “megapolis” so‘zi bilan adashtirmaslik kerak. Milliondan ziyod aholisi bor istalgan shaharni megapolis deb atash mumkin. Megalopolis – bir necha aglomeratsiyaning birikishidan hosil bo‘ladi. 

Ta’sir darajasi

Aholi gavjumligi, moddiy boyliklar va iqtidorlar miqdoriga ko‘ra global shaharlar mamlakatlarning asosiy jahon o‘yinchilari rolini pasaytirmoqda. Jahon shahri maqomi aholi soniga yoki egallagan hududiga qarab belgilanmaydi, uning iqtisodiy “yuki”, faol rivojlanayotgan zonalarga yaqinligi, siyosiy barqarorligi va chet el kapitali uchun jozibadorligi hisobga olinadi. 

Boshqacha aytganda, faollik masshtab yoki suverenitetdan ham ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Nyu-York, Dubay, Gongkong o‘z davlatlarining poytaxti emas, ammo ulardan o‘tuvchi “to‘lqinlar” intensivligiga ko‘ra, dunyoning birinchi beshtaligiga kiradi. 

Shahar diplomatiyasi

Shaharlarning demografik va iqtisodiy yuki ularning siyosiy ta’sirini ham kuchaytiradi, ko‘proq mustaqillikka ega bo‘lish va boshqa shaharlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri diplomatik aloqlar o‘rnatish imkonini beradi – buni “shahar diplomatiyasi” deb atash mumkin. 

Bugun dunyoning eng boy yigirmata shahri iqtidorlar, kapital va xizmatlarga tayanuvchi super halqa hosil qilgan, ularda 75% yirik kompaniyalarning shtab-kvartiralari joylashgan. 

Poytaxtlar

Bugun dunyoda mavjud davlatlardan ko‘ra, samarali funksiya ko‘rsatayotgan shaharlar ko‘proq. Odatda zaif davlatlarda boshqaruv orolchalariga aylangan shaharlar hamma tomondan resurslarni so‘rib oladi, lekin boshqa joylarning ehtiyojlariga e’tibor qaratmaydi. 

Yorqin misollar – Nigeriyadagi Laos, Pokistondagi Karachi, Hindistondagi Mumbay. Poytaxtning mamlakatdagi boshqa viloyatlar hayotiga aralashuvi qanchalik kam bo‘lsa, shuncha yaxshi.