Delta City Toshkentning boshqa qismida quriladigan bo‘ldi

  • 15:05 / 10.06.2019
  • 475

Delta City yuqori texnologiyali innovatsion markazi Toshkentning boshqa qismida quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarorida aytiladi.

Ta'kidlanishicha, Loyiha boshqaruv milliy agentligi va Toshkent shahri hokimiga bir oy muddat ichida Janubiy Koreyaning Posco E&C kompaniyasi bilan poytaxtning boshqa qismida Delta City yuqori texnologiyali innovatsion markazi qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va muzokaralar natijasi bo‘yicha prezident Administratsiyasiga takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.

Avvalroq mazkur majmua Yunusobod tumanida, Iftixor, Amir Temur, Kichik halqa yo‘li va Sandiqqo‘rg‘on ko‘chalari chegarasidagi hududda qurilishi rejalashtirilgandi. «O‘zekspomarkaz», Xalqaro biznes markazi va «Interservis» hududlari qamrab olinishi ko‘zda tutilgandi.