Dizaynerlar tomonidan yaratilgan 8 sport anjomi

  • 11:56 / 06.05.2017
  • 13410

Atrofimizdagi buyumlarning qanday ko‘rinishga ega ekani tasodif emas. Qachonlardir bularning barchasi - mebel, idish-tovoq, kiyim-kechak, texnika - dizaynerlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Sport anjomlari ham bundan xoli emas. Quyida mashhur sport anjomlarining kimlar tomonidan ishlab chiqilganiga oid ma'lumotlar  taqdim etiladi.

 

Futbol to‘pi

Futbol to‘pining eng mashhur shakli - biz o‘ylagandek shar emas, o‘yilgan ikosaedr. Bunday to‘pning pokrishkasi 32 paneldan tikilgan - 20 ta oq oltiburchak va 12 ta qora beshburchak. 32 panelli to‘p g‘oyasi amerikalik me'mor va dizayner Richard Bakminster Fullerga tegishli. U shaklan sohaga yaqin binolar qurishning yangi usullarini izlayotgan bo‘lgan. Ilk futbol to‘pi 1970 yilda Adidas kompaniyasi tomonidan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun yaratilgan.

 

Shaxmat figuralari

1849 yilning 1 martida Nataniel Kuk shaxmat figuralarining yangi original dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu yilning 8 sentyabrida esa The Illustrated London News jurnali mazkur to‘plamning yaratilishida angliyalik mashhur shaxmatchi Hovard Staunton ishtirok etgani haqida ma'lum qilgan. Yangi shaxmat dizayni uning nomi bilan atala boshlandi. Bugungi kunda "Staunton"dizaynidagi  shaxmat to‘plami Xalqaro Shaxmat Assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziluvchi musobaqalar uchun tavsiya qilingan.

 

Golf to‘pi

1905 yilda angliyalik muhandis Uilyam Teylor noyob dizaynli to‘pni patentladi - uning yuzasi chuqurchalar bilan qoplangandi. Teylor bir narsaga e'tibor qaratdi: golf o‘yinchilari o‘z to‘plarining aerodinamik xususiyatlarini oshirish uchun ularda chuqurchalar bo‘lishini istashardi. U to‘p va o‘yinning barcha jihatlarini inobatga olib, teng taqsimlangan chuqurchalarga ega golf to‘pini ishlab chiqdi. Bugungi kunda tekis yuzali golf to‘plari deyarli qo‘llanmaydi. Chuqurchalar soni 250-450 tagacha oshdi, ba'zi modellarda esa ularning soni 1000dan ziyodni tashkil qiladi.

 

Figurali uchish konkilari

Jyekson Xeynsning 1860-yillardagi konstruksiyasi zamonaviy konkilar prototipi bo‘lgan. Aynan Xeyns konkilarni bevosita poyabzal tagligiga mahkamlashni boshlagan - undan avval esa konkilar maxsus bog‘ichlar yordamida poyabzalga mahkamlanardi.

Konki uchidagi tishchalarni XX asr boshida shvetsiyalik figurali uchish ustasi Ulrix Salxov ixtiro qilgan. Ular sakrash va shakllarni bajarishda yengillik yaratish uchun zarur bo‘lgan. Shundan keyin konkida yugurish bilan shug‘ullanuvchi Nikolay Panin-Kolomenkin modelni yanada mukammallashtirgan - u mustahkamlikni oshirish uchun 3 tishli konkini yaratgan. O‘shandan buyon katta o‘zgarish bo‘lmadi, faqat konki shakli va lezviya qalinligi o‘zgardi xolos.

 

Rolik konkilar

1960-yillarda figurali uchishni mashq qilish uchun rolik konkilar paydo bo‘ldi. Xokkeychi Skott Olson bir kuni shunday konkilarni ko‘rib qoldi. U ukalari Brennan va Jim bilan o‘z roliklarini yasashga qaror qilishdi. Ular dizaynni qayta ishlashdi. 1980 yilda aka-uka Olsonlar keyinchalik rolik konkilarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylangan Rollerblade Inc. kompaniyasiga asos solishdi.

 

Tennis raketkasi

1874 yilda angliyalik Uolter Uingfild «sferistika» nomini olgan o‘yin kashfiyotiga patent oldi - shu paytdan boshlab katta tennis tarixi boshlandi.

1976 yildan muhandis Hovard Xud alyuminiydan yasalgan Prince Classic raketkasini ishlab chiqardi. Vaqt o‘tgani sayin raketkalar o‘yin uchun yanada qulaylashtirildi.

Zamonaviy tennis raketkalari grafitdan yasalgan. Ilk to‘liq grafitli Cannon raketalari 1974 yilda Amerikaning Aldila kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarildi.

 

Tog‘ chang‘ilari

Hovard Xed tennisdan tashqari tog‘ chang‘i sporti rivojiga ham hissa qo‘shgan. 1940-yillar oxirida u tog‘ chang‘ilarining yangi standartini yaratishga kirishgan. Bu alyuminiy, fanera, plastikdan yasalgan chang‘ilar edi. HEAD «Standart» ilk seriyali tog‘ chang‘ilari shunday yuzaga kelgan.

 

Nike krossovkalari

1985 yilda Tinker Xetfild Nike kompaniyasiga dizayner sifatida ishga joylashdi. U bir necha o‘n yillar davomida bugungi kunda klassika hisoblanuvchi bir qator Nike modellarini ishlab chiqdi: Air Max 1, Air Trainer 1, Air Tech Challenge, Huarache, Air Raid.

Aynan Tinker Xetfild basketbolchi Maykl Jordanni Nike bilan shartnoma tuzishga ko‘ndirgan. Natijada Air Jordan modeli paydo bo‘lgan, bugungi kunda bu nom ostida professional bokschilar va Amerika futbol o‘yinchilari uchun sport poyabzallari ishlab chiqariladi. 

Teglar