Doim kechikib yuradiganlar uchun foydali maslahatlar 

  • 14:00 / 17.09.2019
  • 932

Foto: creu.ru

1. Aniq vaqt bilan yuring!

Smartfondagi soat to‘g‘riligiga har doim ham ishonavermang. Uni tez-tez yangilab turing. Har bir xona devoriga soat osib qo‘ying, qo‘lingizga ham soat taqib oling. Bu sizga vaqtni his qilishga yordam beradi. 

Картинки по запросу watch

Ishingiz to‘qqizda boshlanadigan bo‘lsa, soat millari 8:00ga yaqinlashishi bilan oyoq kiyimingizni kiyib, ko‘chaga otlaning. Ishxonam yaqin-ku, biroz keyinroq chiqaman deydigan bo‘lsangiz, kech qolishingiz aniq. Chunki, yo‘lda har xil vaziyat bo‘lishi mumkin. Avtobusdagi tiqilinch holatlar, chorrahadagi tirbandliklardan tashqari yo‘lda ikki yildan beri ko‘rmagan tanishingizni ko‘rib qolsangiz bormi…

2. Soatni bir necha daqiqa oldinga surib qo‘ying

Surunkali ravishda kechikib yuradiganlar uchun bu foydasiz maslahat. Soat orqada qolganligini bilib ham yana avvalgidek kechikaverishadi. 
Ammo, 5 daqiqaga ham kechikishni yoqtirmaydigan mas’uliyatli odamlar uchun bu ancha samarali usul. 

3. Odatiy harakatlarga qancha vaqt sarflashingizni aniqlab oling!

Похожее изображение



Kechikuvchilar vaqtni noto‘g‘ri hisoblashadi. Dush qabul qilishga 5 daqiqa, oynaga qarashga 10 daqiqiqa ketadi, deb o‘ylashadi. Natijada hali vaqt bor deya bemalol yurishadi va oxir-oqibatda esa yana kechikishadi. 

Doimiy ishlarga qancha vaqt ketishini aniq hisoblab chiqishingiz kerak. Bu sizga ishga ketish uchun soat nechidan boshlab tayyorlanishingiz kerakligini aniqlashga yordam beradi.

4. Ertaroq borishni rejalashtirib qo‘ying!

Falon soatda yetib boraman, deganingiz bilan yo‘ldagi har xil vaziyatlar sabab ulgurmasligingiz mumkin. Shuning uchun belgilangan vaqtdan 15 daqiqa ertaroq borishga harakat qiling.

5. Chalg‘imang!

Картинки по запросу социальная сеть

Kun rejasiga kiritilmagan hech bir ishga chalg‘ib qolmang. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoq lentalarini ko‘rishga qimmatli vaqtingizni sarflamang. Sizga qiziq tuyulgan ammo unchalik ham kerakli bo‘lmagan narsalar sizni o‘ziga mahliyo qilib, ishga kech qolishingizga sabab bo‘ladi. 

6. O‘zingiz uchun qoidalar yaratib oling!

Ishga ketayotganda yo‘ldan u bu narsa xarid qilish yoqimli, albatta. Lekin u o‘ta qimmat narsa bo‘lsachi? Demak, har kech qolganingizda qimmatroq narsa sotib oling. Bu kechikkaningiz uchun jazo bo‘ladi. Bir-ikki martalik xariddan so‘ng kech qolmaydigan bo‘lasiz. 

7. Kundalik ish tartibini belgilab oling!

Похожее изображение

Yaxshi shakllangan kundalik tartib ikkita afzallikka ega:

Siz rejimga rioya qilib, o‘z vaqtida uxlab va o‘z vaqtida turasiz.
Har kungi ishlarni bir xil vaqtda bajarib, o‘zingizni hotirjam his qilasiz.

8. Oldindan tayyorlanib qo‘ying!

Похожее изображение

Kattalarga ham foydasi tegadigan o‘quvchilarning oddiy maktab qoidasi: darsliklarni kechqurun sumkaga joylab qo‘yish. Bu, ayniqsa, kiyim tanlashda qo‘l keladi. “Balki ertalab bu kiyimni kiygim kelmas” deguvchilar: “Ishoning ertalab tayyor, dazmollab qo‘yilgan kiyim oldida hech qaysi kiyim ko‘zingizga yaxshiroq ko‘rinmaydi.

9. O‘zingizni kutayotgan odam o‘rniga qo‘ying!

tilt-shift photography of man

Odatda kechikadiganlar kutayotganlarga nima sababdan kech qolganini tushuntirib, o‘zlarini oqlashga harakat qilishadi. Kutgan odamning jahli chiqsa, “axir, tushunsa bo‘ladi-ku”, deb arazlab ham qo‘yishadi. Lekin, qani aytingchi nima uchun sizni kutishlari kerak? Kutib turish hech kimga yoqmaydi. Biror joyga ketayotganingizda kutayotgan odam o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. 

10. Mas’uliyatli bo‘ling!

Kechikish uchun millionlab bahonangiz bor. Tirbandliklar, yirtilib qolgan oyoq kiyim, bevaqt qo‘ng‘iroq, jiringlamay qolgan budilnik va yana ko‘plab sabablarni bahona qilib ko‘rsatishga urinmang. Yaxshisi, kech qolganingizni tan olib uzr so‘rang. Axir, oyna oldida o‘zingizga oro berib kech qolganingizni yaxshi bilasiz. 


Qoidalarga amal qilishdan avval kech qolishni istamayotganingizga qat’iy ishonch hosil qiling!