Dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlarining halokatli kombinatsiyasi

  • 12:03 / 23.09.2019
  • 219

Ba’zi dorilarni qabul qiladigan bemorning taomnomasiga ba’zi ovqatlar kiritilmasligi kerak. Bu haqda Rossiya vrachlar ilmiy-tibbiy jamiyati a’zosi, Sog‘liqni saqlash vazirligining miya qon-tomir patologiyasi va insult bo‘yicha federal markazining klinik farmakologi Andrey Kondraxin ma’lum qildi.

Aspirin yoki ibuprofenni qabul qilganda siz malinadan voz kechishingiz kerak, chunki meva tarkibida tabiiy salitsil kislotasi mavjud. Ushbu kombinatsiya, ko‘pincha ichki qon ketishiga olib keladi, deydi shifokor.

Ba’zi holatlarda greyfrut sharbati xolesterinni pasaytiradigan dorilar bilan birgalikda ichilsa, bemorning o‘limiga olib keladi. Shu bilan birga, uni boshqa dorilar bilan ham ichishni tavsiya qilmaydilar. Chunki zararli moddalar tanada to‘planib, asta-sekin bemorni zaharlaydi.

Shuningdek, davolanish paytida oziq-ovqat ro‘yxatidan sutni chiqarib tashlash kerak. Uning tarkibida ko‘p miqdordagi kalsiy mavjud bo‘lib, ular dorilar bilan o‘zaro ta’sirlashganida erimaydigan tuz shaklida cho‘kib, organizmga kiradigan preparatning faol moddasi miqdorini kamaytiradi. Umuman olganda, sut va antibiotiklar bir-biri bilan kelishmaydi. 

Ismaloq, brokkoli va salatni qonni suyultiruvchi dori-darmonlarni qabul qilayotganda iste’mol qilish zararli. Qora mevali jasmin, yer tuti va lavlagi qon bosimini pasaytiradigan dorilarni ta’sirini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Psixotrop dorilarni qabul qilayotganda pishloq iste’mol qilinsa, gipertonik inqiroz va “sudoroga”ga olib kelishi mumkin.

Avvalroq, olimlar turli mamlakatlardagi uzoq umr ko‘radiganlarning parhezini o‘rganib chiqdilar. Ularning umr ko‘rish muddati va antioksidantlarni o‘z ichiga olgan mahsulotlarni iste’mol qilish o‘rtasidagi qonuniyatni aniqladilar. Antioksidantlar soni bo‘yicha yashil choy peshqadamlik qildi. Ovqatlanish mutaxassisi Mariyat Muxinaning so‘zlariga ko‘ra, har kuni choy ichish yaxshi odat. Xurmo 23 ta aminokislotalar, jumladan, triptofanni o‘z ichiga oladi, psixikani barqarorlashtiradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Chakanda(oblepixa) o‘simligi tarkibida ko‘p miqdorda A vitamini mavjud bo‘lib, u qarishni sekinlashtiradi va immunitetni ko‘tarishda yordam beradi.